3 oktyabr, payşanba kuni Kursk oblasti Kurçatov şahri rayonida yonğin sodir böldi. Mintaqa gubernatori Aleksey Smirnovning sözlariga köra, bu holat dron qulaşi natijasida sodir bölgan. Dron Kursk atom elektr stansiyasidan (AES) beş kilometr uzoqlikda qulagan, portlaşlar Kursk AESga aloqasi bölmagan binoda sodir bölgan, dedi Simirnov. Halok bölganlar va qurbonlar haqida ma’lumot yöq. «Rosatom» matbuot xizmati AES normal işlayotganini, obektdagi radiatsiya foni normal çegaralarda ekanligini ma’lum qildi.
Kremlparast Mash va Shot Telegram-kanallari yonğin sodir bölgan joydan kadrlarni e’lon qilib, Ukraina Qurolli kuçlari (UQK)ni Kursk atom elektr stansiyasiga dron va raketalar bilan hujum qilişga uringanlikda aybladi.
Kursk AES joylaşgan Kurçatov şahriga kiriş çeklandi
Rasmiylar Kursk atom elektr stansiyasi joylaşgan Rossiyaning Kursk oblasti Kurçatov şahriga kirişni çeklamoqda. Bu haqda 28 avgust kuni mintaqa gubernatori vazifasini bajaruvçi Aleksey Smirnov ma’lum qildi.
Unga köra, nazorat uçun maxsus ötkaziş punktlari taşkil etiladi va navbatçilik mahalliy vaqt bilan soat 07:00 dan 17:00 gaça (Moskva bilan bir xil) böladi. Röyxatdan ötgan fuqarolar Kurçatovga erkin kirişlari mumkin. Işlayotgan, lekin propiskasi bölmaganlarga şahar va tuman hokimliklari ruxsatnoma beradi.
AES va qurilayotgan 2-AESning barça xodimlari rahbariyatga ruxsat oliş uçun ariza berişlari kerak. Tranzit transport vositalari muqobil aylanma yöllardan foydalanişi şart.
Smirnovning sözlariga köra, Ukraina qurolli kuçlari şaharga bostirib kiriş urinişlaridan voz keçmayapti.













