Qirğizistonda 5-6 nafar dollar milliarderi va 200 ga yaqin millioner yaşaydi. Bu haqda mamlakat prezidenti Sadir Japarov «Kabar» axborot agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Prezident sözlariga köra, ularning köpçiligi pullarini xorijdagi ofşor kompaniyalarda saqlamoqda.

«Şu maqsadda biz legallaştiriş haqidagi qonunini qabul qildik. Ammo hozirça ular pullarini mamlakatga töliq qaytarmadi. Mablağlarni qisman qaytarib olib, quriliş sohasiga kiritayotganlar ham bor», dedi Japarov.

Prezident boy odamlarni Qirğizistonga sarmoya kiritişga çaqirib, iqtisodiyot va davlatga foyda keltiradigan loyihalarni qöllab-quvvatlaşga va’da berdi. Jumladan, Japarov Tomçi aeroporti röparasida mehmonxonalar qurişni taklif qilgan. 90 gektar maydonda töqqizta beş yulduzli mehmonxona quriş rejalaştirilgan.

«Birinçisini quriş allaqaçon boşlangan. Mehmonxonani ikki yildan keyin foydalanişga topşirişni talab qildim. Men mahalliy investorlar va oligarxlarimizga murojaat qilaman: sarmoya kiriting, talab bitta – beş yulduzli mehmonxona quriş», dedi prezident.

Japarov sözlariga köra, xorijiy investorlardan köra mahalliy investorlar afzalroq.

«Çunki sof daromad töliq mamlakatimizda qoladi. Ammo biz taşqi investorlardan ham zarar körmaymiz. Ular sarmoya kiritadilar, iş örinlari yaratadilar, soliq tölaydilar, lekin baribir özi uçun sof daromad oladilar», deb tuşuntirdi davlat rahbari.