Rossiya Tergov qömitasi materiallariga köra, Aleksey Navalniy jazoni ötagan va vafot etgan 3-sonli axloq tuzatiş koloniyasidan ölimidan oldin u aloqada bölgan barça buyumlar, jumladan, siyosatçi yotgan qor ham olib çiqib ketildi. Bu haqda 3 oktyabr, payşanba kuni «Dose» markazi jurnalistlar ixtiyorida bölgan tergov hujjatlariga tayanib yozdi.

Xususan, Navalniyning kiyimi matolari namunasi, kiyimi va içki kiyimlari (içki kiyimi olib qöyilgan va alohida paketga solingan), şaxsiy buyumlari, jumladan, hojatxona qoğozi, oziq-ovqat namunalari, yuviniş anjomlari, kameradagi poldan namunalar, siyosatçi hayotining sönggi daqiqalarini yozib olgan bölişi mumkin bölgan törtta videoregistrator va hokazo musodara qilindi.

Tergovçilar şifokorlarga yordam bergan va Navalniy bilan «aloqada» bölgan mahkumlardan birining tibbiy qölqoplarini ham olib ketişgan.

The Insider: Navalniy koloniyada zaharlangan bölişi mumkin 

Tergov rossiyalik muxolifatçi Aleksey Navalniyning Qutb doirasidan taşqaridagi «Qutb börisi» (IK-3) koloniyasida zaharlangani haqidagi dalillarni yaşirgan bölişi mumkin. Bu haqda 29 sentabr kuni çop etilgan The Insider materialida aytiladi.

Naşr adliya mayori Aleksandr Varapayev tomonidan imzolangan jinoyat işini qözğatişni rad etiş töğrisidagi qarorning ikki variantidan foydalaniş imkoniyatiga ega böldi. Birinçisida aytilişiça, 2024 yil 16 fevralda Aleksey Navalniy yuriş paytida tösatdan özini yomon his qilgan, bu haqda xabar bergan va koloniya hovlisidan olib çiqilgan. Keyin siyosatçi yerga yotgan va «qornidagi ötkir oğriqdan şikoyat qilgan, oşqozonda refleksli jarayon boşlangan va u huşini yöqotgan».

Qorin oğriği, qusiş haqidagi sözlar xuddi şu qarorning sönggi versiyasida yöq, deya qayd etadi The Insider. «Musodara qilingan aşyolar» röyxatiga ekspertiza uçun taqdim etilgan «qusuq namunalari» ham kiritilgan, ammo na ekspertiza, na qusiş haqida rasman xabar berilmagan.

Siyosatçining bevasi Yuliya Navalnaya avvalroq «u ölimi oldidan sönggi daqiqalarda qornidagi ötkir oğriqlardan şikoyat qilgani»ni aytgan edi. 2020 yilda «Noviçok»dan zaharlangan Navalniyni Omsk kasalxonasida davolagan şifokor Aleksandr Polupanning sözlariga köra, hujjatlarda tasvirlangan alomatlar siyosatçi yana zaharlangan bölişi mumkinligini körsatişi mumkin. Bu versiyani rasmiylar uzoq vaqt davomida jasadni topşirmagani va biomateriallarni muqobil ekspertizadan ötkazişga ruxsat bermagani ham tasdiqlaydi, deya ta’kidlaydi naşr.