«Dunyo» axborot agentligi xabariga köra, mazkur muassasada hozirda 66 nafar Özbekiston fuqarosi jazo muddatini ötamoqda.

Boş konsul vatandoşlar bilan yakka tartibda suhbatlaşib, ularning murojaat va iltimoslarini tinglagan. Huquqbuzarliklar xususiyatiga oid maʼlumotlar örganilib, tegişli maslahatlar berilgan.

Murojaatlar asosida yurak va umurtqa poğonasi kasalliklaridan aziyat çekayotgan ikki nafar fuqaroga zudlik bilan tibbiy yordam körsatiş böyiça çora-tadbirlar belgilangan.

Şuningdek, muassasa rahbariyati bilan özbekistonliklar uçun musulmon qonun-qoidalariga muvofiq ovqatlanişni taşkil etiş masalasi körib çiqilgan.

Bir oydan söng koloniyadan ozod etilişi kutilayotgan vatandoşga Özbekistonga qaytiş sertifikatini beriş masalasi ham tezkor hal etilgan.

Uçraşuvda diplomatik vakolatxona fuqarolar sodir etgan huquqbuzarliklarning xususiyatidan qatʼi nazar, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilişi taʼkidlangan. Vatandoşlarga bundan buyon ham zarur konsullik-huquqiy va yuridik yordam körsatişga tayyorlik bildirilgan.

Diplomatik vakolatxona vakillarining jazoni ötaş joylariga navbatdagi taşrifini oktabr oyida Irkutskda amalga oşiriş rejalaştirilgan.