Minsk Kiyevga Ukrainani qayta tiklaşda yordam berişga tayyor. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko ma’lum qildi.

«Ukraina rahbariyati yaxşilab öylab körişi lozim — ular birinçi navbatda mamlakatni qayta tiklaşi kerak böladi. Özlariga yaqin bölgan insonlar, avvalo belaruslar bilan», — deya davlat rahbaridan iqtibos keltiradi BelTA.

Uning fikriça, Ukraina hukumatini AQŞ boşqarmoqda, prezident Volodimir Zelenskiy esa muammoni hal etiş uçun Vaşingtonga uçyapti.

«U oxir-oqibat uşbu uruşni yakunlaş uçun Minsk va Moskvaga bormayapti. U uruşdan keyin amerikaliklar Ukrainani tiklab beradi deb öylamoqda… Ularni heç kim qayta tiklamaydi», — deydi Lukaşenko.

Aprel boşida Zelenskiy Ukrainani uruşdan keyin qayta tiklaşga 700 milliard dollarga yaqin mablağ kerak bölişini ma’lum qilgandi. Uning sözlariga köra, mamlakatda tiklanişi kerak bölgan asosiy yönalişlar — energetika, texnologiya va iqtisodiyotdir.

«Biz sizlar bilan aniq summani bilmaymiz, çunki uruşni hali yakunlamadik. U tugaganidan keyin barçasi tahlil qilib çiqiladi», — deydi davlat rahbari.

Jahon banki, Yevrokomissiya, BMT va Ukraina hukumatining 2023 yil yakunlaridagi baholaşlariga köra, Ukrainani qayta tiklaşga 10 yil davomida 486 milliard dollar kerak böladi.