Samarqand viloyatida maşinasiga boşqa maşinaning davlat raqamini taqib yurgan haydovçi aniqlangan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, Samarqand viloyatida yaşovçi haydovçi “Lasetti” maşinasiga “Damas” maşinasiga berilgan davlat raqamini taqib olgan. Söng u yöllarda köp marotaba tezlik qoidalarini buzgan.
Jumladan, u 2024 yil yanvar oyidan hozirgaça jami 76 marotaba maşina tezligini belgilangan me’yordan oşirgani radar qurilmalariga qayd etilgan.
Viloyat IIB YHXB xodimlari qoidabuzar haydovçiga nisbatan ma’uriy bayonnoma rasmiylaştirgan. Qarzdorlikni undiriş maqsadida “Lasetti” vaqtinça jarima maydonçasiga joylaştirilgan.
Haydovçidan nega bunday qilgani söralganda u radardan qoçiş uçun boşqa raqam taqib harakatlanganini aytgan.
Qayd etilişiça, jarimalarning jami miqdori taxminan 50 mln söm atrofida bölgan.








