Buxoro viloyatida joylaşgan nimstansiyada ikki mutaxassis halok böldi.«Özbekiston Milliy elektr tarmoqlari» AJning xabar berişiça, hodisa 2024 yil 2 oktyabr kuni yuz bergan.
“Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning “Buxoro magistral elektr tarmoqlari” filialiga qaraşli 500 kV kuçlanişli “Qoraköl” podstansiyasida 2 nafar mutaxassis baxtsiz hodisa tufayli halok bölgan.
Qayd etilişiça, baxtsiz hodisa töğrisida şu kunning özida tegişli organlarga xabar berilgan. Ayni paytda baxtsiz xodisa sabablari tegişli organlar tomonidan örganilmoqda.
Xabarda baxtsiz hodisa qay tarzda röy bergani haqida ma’lumot berilmagan.
“Marhum hamkasblarimizning oila a’zolariga hamdarlik bildirgan holda, barça kompensatsiya tölovlari amalga oşirilişi ta’minlanişini ma’lum qilamiz”, deyiladi.











