Moskva şahar sudi 7 oktyabr, duşanba kuni AQŞ fuqarosi Stefan Xabbardni olti yil-u ön oyga umumiy rejimdagi koloniyaga hukm qildi. Miçiganlik 72 yoşli fuqaro Ukraina Qurolli kuçlari safida yollanma askar sifatida jangovar harakatlarda qatnaşganlikda aybdor deb topildi. Sud faqat hukmning kiriş va qaror qismlarini e’lon qildi.

Xabbardning jazosi hukm qonuniy kuçga kirgan paytdan boşlab hisoblanadi. Ungaça Stefan Xabbard tergov hibsxonasida qoladi. Amerikalikka çiqarilgan hukm içiga tergov izolyatorida bir sutka hibsda bölgan vaqti koloniyada bir yarim sutka sifatida kiritiladi.

Stefan Xabbardning advokati allaqaçon Moskva şahar sudi hukmi ustidan şikoyat qilişini ma’lum qilgan. AQŞning Moskvadagi elçixonasi vakillari «Interfaks»ga mahkum oldiga konsullik darajasida kiriş haqidagi sörovga javob kutayotganliklarini ma’lum qilişdi.

Stefan Xabbardning sud jarayoni

26 sentabr kuni Moskva şahar sudida Stefan Xabbard ustidan sud jarayoni boşlandi va ikki majlis davom etdi. Sud majlislari qisman yopiq eşiklar ortida ötkazildi. 30 sentabr kuni bölib ötgan sud majlisida Xabbard qurolli mojaroda yollanma askar sifatida qatnaşganlikda aybini tan oldi. «Ha, men qöyilgan ayblarga qöşilaman», — deya uning sözlarini keltiradi Rossiya axborot agentliklari.

Davlat ayblovi Xabbardni qattiq rejimli koloniyaga yetti yilga ozodlikdan mahrum qilişni talab etdi. Prokuror jazo tayinlaşda sudlanuvçining yoşi va aybiga iqrorligini hisobga olişni söradi.

Ayni paytda Xabbardning singlisi Patritsiya Foks avvalroq Reuters agentligiga uning akasi turli mamlakatlarda, jumladan Yaponiya, Kipr va Ukrainada ingliz tili öqituvçisi bölib işlaganini aytdi. U Xabbard sudda aybini tan olganiga şubha bilan qaradi. Foks akasini heç qaçon qurolga egalik qilmagan va rossiyaparast qaraşlarga ega «patsifist» deb ta’riflagan.

Tergov materiallari

Tergov ma’lumotlariga köra, Stefan Xabbard 2014 yildan beri Ukrainada yaşab kelgan. Öşa yilning fevral oyida u Xarkiv oblasti Izyum şahrining hududiy mudofaa batalioni bilan şartnoma tuzdi, unga köra oyiga kamida 1000 AQŞ dollari miqdorida pul mukofoti olişi kerak edi.

Iş materiallaridan ma’lum bölişiça, Xabbard maşğulotdan ötgan, şaxsiy öqotar qurollar olgan, söngra 2022 yilning apreligaça Rossiya harbiylari tomonidan qölga olingunigaça yollanma askar sifatida Ukraina tomonida jangovar harakatlarda qatnaşgan.

Joriy yilning mart oyida Rossiya Mudofaa vazirligi uruş boşlangandan beri Ukrainaga 13,3 ming yollanma askar kelganini, eng köpi – 2960 nafari Polşadan ekanini ma’lum qilgan edi. AQŞdan 1113 nafar yollanma askar kelgan, ulardan 491 nafari halok bölgan, deya ma’lum qildi vazirlik.