Özbekiston prokuraturasi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar fuqaro I.X.ning arizasi asosida tezkor tadbir ötkazdi.

Fuqaro öz arizasida Toşkent şahar Yunusobod tumani prokuraturasi katta tergovçisi Ş.Ş. tomonidan “B.H.” MÇJ mansabdor şaxslariga nisbatan bölgan jinoyat işini uning foydasiga ijobiy hal qiliş uçun pul mablağlari talab qilganligini ma’lum qilib, unga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.

“Uşbu ariza asosida joriy yilning 7 oktabr kuni ötkazilgan tezkor tadbir davomida, Ş.Ş. ariza muallifidan kelişilgan 40 ming AQŞ dollarini olib, jinoiy ta’qibdan qutuliş maqsadida noma’lum tomonga yaşiringan (40 ming AQŞ dollari aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olingan)”, – deyiladi Boş prokuratura axborotida.

Holat yuzasidan Boş prokuratura tomonidan Ş.Ş.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a“ bandi (Pora oliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Şuningdek, ayblanuvçiga nisbatan sirtdan “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanib, unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.