Xitoyning China Eastern Airlines aviakompaniyasi boşqaruvining sobiq raisi Lyu Şaoyun 67,5 million yuandan (taxminan 10 million dollar) ortiq pora olgani uçun 14 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Xitoyning Şenyan şahridagi birinçi instansiya sudi şunday qaror çiqardi, deb xabar berdi CCTV News.

Qamoq jazosidan taşqari, sud Lyu Şaoyunga 4 million yuan (taxminan 600 ming dollar) miqdorida jarima ham tayinladi. Noqonuniy yöl bilan olingan mablağlar va ularga hisoblangan foizlar musodara qilinib, davlat hisobiga ötkazildi.

Sudning aniqlaşiça, Lyu Şaoyun 2002-yildan 2023-yilgaça China Eastern Airlines va China Southern Airlines aviakompaniyalarida rahbarlik lavozimlarida işlagan davrida taşkilotlar hamda jismoniy şaxslarga biznes yuritiş, şartnomalar tuziş va aviaqatnovlarni boşqarişda yordam bergan. Buning evaziga u jami 67,5 million yuandan ortiq miqdorda pora olgan.

Hukm çiqarişda sud Lyu hibsga olinganidan söng öz jinoyatlarini tan olgani, tergovga avval nomaʼlum bölgan holatlar haqida maʼlumot bergani, aybiga iqror bölib, qilmişidan puşaymonligini bildirgani, şuningdek, noqonuniy olingan mablağlarni qaytarganini inobatga oldi. Uşbu holatlar jazoni yengillaştirişga asos böldi.