Rossiya qöşini Kursk oblastidagi bir neça uçastkada yangi hujum boşladi. Xususan, Zeleniy Şlyax xutori (Sudja rayoni), şuningdek, Olgovkadan (Korenevo rayoni) tört kilometr janubda qurolli töqnaşuvlar bölib ötayotgani aks etgan videolar paydo bölgan. Bu şuni anglatadiki, Rossiya qöşini ukrainlar mudofaa çiziğini yorib ötgan va beş kilometrga yaqin masofada ilgarilagan.
RF qurolli kuçlari «Sever» guruhining norasmiy telegram-kanalida yozilişiça, Rossiya qöşini Ukraina qurolli kuçlari mudofaa çiziğini yorib ötib, «beşta aholi yaşaş manzilini egallab, duşmanning kamida ikkita batalyonini qurşovga olib, ta’minot va evakuatsiya uçun muhim bölgan ikkita yölni kesib qöygan».
RF mudofaa vazirligiga yaqin hisoblangan «Rybar» telegram-kanali 10 oktyabr kuni keçqurun Rossiya qöşini Korenevo va Sudja rayonlarining bir qança hududlarida hujumga ötgani haqida xabar berdi. «Rossiya qöşinining ilğor guruhlari kun oxiriga kelib Zeleniy Şlyaxa [xutori]ga yetib borişdi, bu Ukraina qurolli kuçlari mudofaasi kamida qisman yorib ötilganini tasdiqlaşga imkon beradi», — deyiladi postda.
Şuningdek, «Rybar» Rossiya qöşini Korenevo rayonida Olgovka tomondan Zeleniy Şlyaxa yönalişida qarşi hujum uyuştirib, «okkupatsiya qilingan hududlarning kattagina qismini ozod etgani» haqida yozan.
Manba ma’lumotiga köra, Rossiya qöşini Novaya Soroçina ustidan nazorat örnatib, Malaya Loknya tomon «ilgarilamoqda». Bloger Boris Rojin Olgovka ham nazoratga olinganini yozgan.
Ukraina mudofaa vazirligiga yaqin hisoblangan Deep State OSINT-loyihasi ham qarşi hujum haqidagi xabarlarni tasdiqlagan. Uning yozişiça, raqib Ukraina qurolli kuçlari Kursk guruhining «çap qanotini bostirgan» va Rossiya telegram-kanallari xabar berganidan köra uzoqroqqa — Novoivanovkaga (Sudja rayoni) yetib borgan, bu yerda hujumni qaytariş uçun ukrainlarning nafaqat oldingi bölinmalari, balki odatda front çiziği ortida joylaşadigan artilleriyaçilar va dronlar operatorlari ham jangga kirişişiga töğri kelgan.
DeepState öz xaritasida Ukraina qurolli kuçlari uşbu hududda birdaniga 38 kilometr kvadrat maydonni boy berganini körsatgan, bu hududlar endi «kulrang zona» bölib qolgan. «Agenstvo»ning tasdiqlaşiça, bu Ukraina qöşini 14 sentabrdan buyon Kursk oblasti hududida bergan eng katta kunlik yöqotişidir. «Sever» guruhining norasmiy telegram-kanali esa Rossiya qöşinlari Kursk oblastida «ilgarilagan jami masofa» 10 kilometrni taşkil etganini yozgan.
DeepState ukrain qöşinining bir qismi qurşovga tuşib qolişi mumkinligiga e’tibor qaratib, «xatoni takrorlamaslik» haqida ogohlantirgan. DeepState aynan qayerdagi ukrain qöşini qurşov xavfi ostida ekaniga aniqlik kiritmagan, ammo, janglar xaritasiga köra, gap katta ehtimol bilan Olgovka haqida bormoqda.
Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni Oleksandr Sirskiy Rossiya qöşinlarining Kursk oblastidagi qarşi hujumi yuzasidan hozirça izoh bermadi, ammo 10 oktyabr kuni keçqurun telemarafon doirasida namoyiş etilgan hujjatli filmda Rossiya Kursk yönalişiga Zaporijjya, Xerson va Kramatorsk yönalişlaridan olib kelingan 50 mingga yaqin harbiyni ötkazganini aytgan. «Bu bizning mudofaa amaliyotlari ötkaziş şaroitimizni yaxşilaydi», — deya Ukraina QK boş qömondoni sözlarini keltirgan «RBK-Ukraina».













