Ilon Mask Tesla sarmoyadorlariga Cybercab va Robovan taksi-robotlarini namoyiş qildi. Biroq, ular sarmoyadorlarni hayratda qoldirmadi, deb xabar berdi BBC.

Cybercab tegişli idoralardan ruxsat olingan taqdirda 2027 yildan boşlab işlab çiqariladi va qiymati 30 ming dollardan past böladi. Maskning va’da qilişiça, ikkala maşina ham «odam tomonidan boşqariladigan maşinalardan ön barobar xavfsizroq» va ularni ilova yordamida boşqariş mumkin.

Biroq, Financial Times yozganidek, körsatilgan modellar sarmoyadorlarni hayratda qoldirmadi. Buning sababi şundaki, Mask avtomobillar konseptini körsatdi, ularning çiqarilişi uzoq muddat masalasidir. Şu bilan birga, u kompaniyani rivojlantiriş böyiça qisqa strategiya töğrisida izoh bermadi, garçi joriy mahsulot liniyasi sezilarli darajada eskirgan bölsa-da. Mask taksi-robotni amerikaliklarga 2014 yilda va’da bergan va 3 yildan keyin işlab çiqarilişini aytgan edi.

2024 yil aprel oyida Tesla barça CyberTruck elektromobillarini gaz pedali yopişib qolişi sababli qaytarib oldi. Ta’kidlanişiça, bu Ilon Mask elektromobilining yagona muammosi emas: uning kuzovi zanglamaydigan pölatdan yasalgan, ammo baribir zanglamoqda, rul çambaragi ham ba’zan işlamayapti.