Tayvandagi Apple qurilmalari işlab çiqariladigan korxonaning tört nafar xodimi mahalliy hukumat tomonidan qölga olindi, deb xabar beradi The Wall Street Journal.
Qayd etilişiça, mutaxassislar Tayvanning Foxconn Technology Group kompaniyasi tomonidan boşqariladigan işlab çiqariş majmuasida faoliyat yuritib kelgan. Versiyalardan biriga köra, ular işonçni suiiste’mol qiliş bilan boğliq qonunbuzarlikda ayblanmoqda, ammo aynan qanday ayblov qöyilayotgani ma’lum emas.
Tayvanning Materik masalalari böyiça kengaşi Foxconn bayonotidan iqtibos keltirib, kompaniya öz xodimlarining xatti-harakatlari bilan boğliq holatdan moliyaviy zarar körmaganini aytdi. Çjyençjou iPhone qurilmalarini yetkazib berişda muhim zanjir vazifasini bajaradi. Idoradagilar uşbu ayblovni «ğalati» deb atab, noqonuniy hibsga oliş işlari investorlarning Xitoyga bölgan işonçiga jiddiy putur yetkazişi mumkinligini bildirdi. Şuningdek, kengaş Xitoy hukumatini uşbu masalani zudlik bilan şaffof tarzda körib çiqişga çaqirgan.
Iyun oyida kengaş Tayvan fuqarolarining Xitoyga safarlari xavfi darajasini kötargan edi — majburiy bölmagan safarlardan tiyiliş tavsiya qilingan. Pekin tomonidan milliy xavfsizlik töğrisidagi qonunning kuçaytirilişi tayvanliklarning noqonuniy ravişda qölga olinişi yoki söroq qilinişiga sabab bölmoqda. Idora uşbu çorani Xitoy «Tayvan mustaqilligi tarafdorlariga» qarşi yangi normalar joriy etgani sabab qabul qilişga majbur bölgan — ularga ölim jazosigaça bölgan çoralar tahdid solmoqda. Straits Exchange Foundation fondi vakillari Foxconn va qölga olinganlarning oilalari bilan uçraşuv ötkazib, ularga yordam körsatilişini ma’lum qilgan.
2023 yilda Xitoy soliq va yer idoralari Foxconn asosçisi Terri Gou Tayvan prezidentligi lavozimi uçun nomzodini qöyişga uringanidan keyin kompaniyaga nisbatan iş oçiş taşabbusi bilan çiqqandi. Natijada Xitoydagi provinsiyalardan birining soliq boşqarmasi kompaniyaga kiçikroq miqdorida jarima belgilagan. Xitoydagi xorij kompaniyalari xodimlarning qölga olinişidan taşvişda.












