Xitoyning Ecovacs brendi çangyutgiç-robotlari uy egalari va uy hayvonlarini quvib, odobsiz sözlarni işlatib, irqçilikka oid haqoratlarni yoğdira boşladi. Bunday hodisa bir vaqtning özida bir neçta şaharlarda yuz berdi, deb yozdi ABC News.
Taxminlarga köra, bu çangyutgiçlarning xavfsizlik tizimidagi zaiflikni aniqlagan va ularga masofadan ulangan hakerlar tomonidan amalga oşirilgan. Çangyutgiçlarda mikrofon va kamera bor, şuning uçun odamlarni kuzatişi va xabar yöllaşi mumkin edi.
Foydalanuvçilardan birining aytişiça, çangyutgiç-robot tösatdan radio signaliga öxşaş ğalati tovuşlarni çiqara boşlagan. Mobil ilovada u kimdir çangyutgiç kamerasi va masofadan boşqariş pulti funksiyalariga kirganini payqagan. Erkak parolni özgartirib, robotni qayta işga tuşirgan. Ammo bir oz vaqt ötgaç, çangyutgiç yana harakatlana boşlagan va karnayidan haqoratli qiçqiriqlar yangragan.
Ma’lum bölişiça, qayta işga tuşiriş va parolni özgartiriş yordam bermagan. Robotlar töliq öçirilganda yoki Internetga ulanmasdan zavod sozlamalariga qaytarilgandagina jim bölib qolgan.
Ecovacs bu muammolardan allaqaçon xabardorligini ta’kidlab, yaqin kelajakda xavfsizlik «yamoğini» çiqarişni va’da bermoqda. Kompaniyaning ta’kidlaşiça, hakerlar quroliga aylangan zaiflik faqat Deebot X2 modellarida mavjud.












