SSSR parçalanib ketgaç, Rossiya içki muammolar girdobida qoladi. Kavkazda çeçenlarning boş kötarişi, hukumatdagi kelişmovçiliklar va Moskvadagi hukumat uyining harbiylar tomonidan öqqa tutilişi mamlakat uçun oğir oqibatlar keltirib çiqaradi.

Alal-oqibat, 1996 yilda ikkinçi muddatga saylangan prezident Boris Yelsin iste’fo beradi va uning örniga mamlakatni sobiq FSB rahbari Vladimir Putin boşqara boşlaydi.

Sankt-Peterburgdan çiqqan va 1990-yillar boşlarida Rossiyadagi eng taniqli siyosatçilardan biri bölgan Anatoliy Sobçakning şogirdi Putin 2000 yil 26 mart kuni ötkazilgan prezidentlik saylovida ğalaba qozonadi.

Saylovdan 35 kun avval Sobçak Svetlogorskdagi mehmonxonada sirli ravişda vafot etadi. Öşanda uni ayrimlar yurak xurujiga uçragandi desa, boşqalar qotillik qurboni bölganini aytib çiqqandi.

Inqilobçi Sobçak

Anatoliy Sobçak 1937 yilda Çita şahrida tuğilgan. Uning bolaligi Özbekistonda, Toşkent va Qöqon şaharlarida ötgan.

Gap şundaki, Sobçakning otasi Qöqonda tuğilgan. Söng umrining oxirigaça Toşkent va Qöqon şaharlarida yaşagan. Anatoliy onasi Çitaga borgan paytda Rossiyada tuğilgan.

U maktabni bitirgaç 1956 yilda Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) davlat universitetining yuridik fakultetida tahsil oladi.

Öqişni bitirgaç, bir qança hududlarda advokat bölib işlaydi va 1962 yilda Leningradga qaytib aspiranturada öqiydi. 1964 yilda nomzodlik dissertatsiyasini yoqlaydi.

1965-1968 yillarda Leningraddagi militsiya maktabida, 1968-1973 yillarda Leningrad texnologiya institutida öqituvçilik qiladi.

1982 yilda avvaliga yuridik fanlari doktori, söng professorga aylanadi. 1985 yilda Leningrad davlat universitetida kafedra mudiri böladi.

Anatoliy Sobçak rafiqasi bilan, 1970-yillar

Siyosiy faoliyat

Sobçak KPSSga ança keç, 1988 yilda 51 yoşida a’zo böladi va 1990 yilda undan çiqib ketadi. 1989 yilda u SSSR xalq deputatligi uçun nomzodini qöyadi.

Rossiyalik jurnalist Nikolay Svanidze öşanda Sobçakning işonçli vakili Rossiyaning bölajak prezidenti Dmitriy Medvedev bölgani va tarğibot varaqalarini u boşçiligidagi talabalar tarqatgani haqida yozgan.

Keyinçalik, Medvedev Rossiya-1 telekanaliga bergan intevyusida Sobçakning tarğibot varaqalarini va afişalarini köçalarga yopiştirib yurganini aytgan.

Öşa saylovda Sobçak ğalaba qozonadi va SSSR xalq deputatiga aylanadi. Şundan söng Sobçak Medvedevni Leningrad şahar kengaşiga çaqirib oladi.

1990 yilda Sobçakning jamoasiga Leningrad davlat universiteti rektorining yordamçisi, KGBning birinçi boş boşqarmasi podpolkovnigi Vladimir Putin ham qöşiladi.

1990 yil aprelda Sobçak Leningrad şahar kengaşi (Lensovet) deputati bölib saylanadi. Oradan bir oy ötib u Lensovet raisi böladi.

Ana şu paytda u Moskvadagiga öxşab Leningradda ham mer lavozimini joriy etiş haqidagi taklifini tasdiqlatib oladi.

Oradan bir yil ötgaç Leningradda şahar merini saylaş uçun saylov ötkaziladi va unda Sobçak ğalaba qozonadi. Uning birinçi qilgan işi şaharga Sankt-Peterburg nomini qaytariş böladi.

Rossiyaning hozirgi prezidenti bir paytlar Sobçakka "şogird" bölgan

GKÇPga qarşi

1991 yil avgust oyida SSSRning bir guruh yuqori lavozimli şaxslari davlat töntarişi uyuştirişadi va davlat boşqaruvini qölga olişadi.

Ana şunda Sobçak ularga qarşi çiqadi va Rossiya rahbari Boris Yelsinni qöllab-quvvatlaydi. SSSR parçalanib ketgaç, u Rossiyaning yangi konstitutsiyasi ustida işlovçi guruh tarkibiga kiradi.

Öşa paytlarda Sobçakning obrösi juda kötarilib ketadi va uning 1996 yilda Rossiya prezidentligi uçun nomzodini qöyişi haqida gap tarqaladi.

Biroq, 1995 yil dekabrda Yelsin jamoasidagilarning bosimi ostida u prezidentlik uçun nomzodini qöymasligini ma’lum qiladi.

Keyinçalik, uning qizi Kseniya Sobçak 1995 yilda bir guruh davlat amaldorlari otasini zaharlab yöq qilişga uringanini aytgan.

Sobçak qizi Kseniya Sobçak va xotini bilan

Kseniyaga köra Sobçakka qasd qilganlar orasida Rossiya boş prokurori Yuriy Sakuratov, FSB xodimi, Yelsinning şaxsiy qöriqçisi Aleksandr Korjakov, FSB rahbari Mixail Barsukov va Rossiya mudofaa vaziri Anatoliy Kulikov kabilar bölgan.

1996 yilda u Sankt-Peterburg gubernatorligi uçun ötkazilgan saylovlarda Yelsinning jamoasiga yaqin bölgan Vladimir Yakovlevga yutqazadi. Öşanda uning saylovoldi ştabi rahbari Putin bölgan.

Şundan söng Sobçakning boşi uzra qora bulutlar aylana boşlaydi va uni Rossiya boş prokuraturasi tergov qiladi. U mer bölib işlagan paytda korrupsiyaga qöl urişda gumonlanadi.

1998 yilda Sobçak pora olişda ayblanadi va unga nisbatan jinoyat işi qözğatiladi. Oradan bir yil ötgaç jinoyat işi yopiladi.

Öşa paytlarda Putin Sobçakning "soyasi" bölgan va barça joyda uning yonida yurgan

1999 yilda Rossiyadagi siyosiy vaziyat keskin özgarib ketadi. Putin avvaliga boş vazir etib tayinlanadi. Söng Yelsin prezidentlikdan voz keçadi va Putin Rossiyani vaqtinça boşqara boşlaydi.

2000 yil bahorda Rossiyada prezidentlik saylovlari ötkazilişi e’lon qilinadi. Öşa yili 14 fevral kuni Sobçak Putinning işonçli vakili etib tayinlanadi. Biroq u saylovgaça yaşamaydi va tösatdan vafot etadi.

Ölim va şubhalar

2000 yil fevral oyida Sobçak Kaliningrad oblastidagi Svetlogorsk şahriga boradi va «Rus» mehmonxonasiga joylaşadi.

Keçki ovqatni yegandan söng u xonasiga boradi va öşa yerda mazasi qoçadi. Şu paytda uning oldida taniqli tadbirkor Şabtay Kalmanoviç bölgan. Sobçak tadbirkorning qölida jon bergan. Öşa paytda u 68 yoşda edi.

Şifokorlarning xulosasiga köra siyosatçi yurak xurujiga uçragan. Biroq omma orasida «juda köp narsani biladigan» Sobçak qotillik qurboni bölgani haqida gap-sözlar çiqadi.

Boşqa tomondan Sobçak mehmonxonada me’yordan oşiq miqdorda spirtli içimliklar içgani va yuragi bunga doş bermagani haqida miş-mişlar tarqaladi.

Sobçakning jasadini ekspertizaga jönatişadi, Kaliningrad viloyati prokuraturasi Sobçakning ölimi yuzasidan qotillik moddasi bilan jinoyat işi qözğatadi.

Öşanda butun mamlakat ekspertiza natijasi qanday çiqişini qiziqib kutadi. 2000 yil avgust oyi boşlarida prokuratura Sobçakning qonida spirtli içimliklar topilmagani, unda yurak yetişmovçiligi kasalligi bölgani va u şundan vafot etgani haqida xabar tarqatadi. 2000 yil 4 avgustda iş yopiladi.

Anatoliy Sobçak Özbekistonga kelganida ham Putin uning yonida bölgan

Rossiyalik siyosatçi va jamoat arbobi, Sobçakning xotini Lyudmila Narusova mustaqil ekspertiza ötkazadi va eri yurak xurujidan ölmaganini aytib çiqadi.

Rossiyalik jurnalist Olga Romanovaning versiyasiga köra, Sobçak tabiiy vafot etmagan, u qotillik qurboni bölgan.

Anatoliy Sobçak vafot etganiga bu yil 24 töldi. Öşandan buyon köpçilik tahlilçilar u öz ajali bilan vafot etmagani, Sobçakni öldirişgani haqida aytib kelişadi.

2009 yilda Sobçak vafot etayotganda uning yonida bölgan tadbirkor Şabtay Kalmanoviç Moskva markazida öldirib ketiladi.

Öşanda Kalmanoviç Mercedes-600 da ketayotganda çorrahalarning birida uning yoniga yengil maşina kelib töxtaydi va unda ötirganlar öt oçişadi. Kalmanoviç şu joyda halok böladi.

Şundan söng omma yana Anatoliy Sobçakni eslab qoladi. Odamlar Kalmanoviçni bekorga öldirişmaganini, u Sobçakning sönggi onlari haqida muhim ma’lumotlarni bilgani uçun öldirilganini gapira boşlaydi.

Kalmanoviçni öldirgan şaxslar 2019 yilda qotillikdan 10 yildan ötib «uşlanadi». Ular inguşetiyalik ikki yigit bölib çiqadi. 2022 yilda ular uzoq muddatga qamaladi.

Şabtay Kalmanoviç

Sobçakning ölimiga FSBning aloqasi bormi?

Sobçakning sirli ölimi haqida gap ketar ekan, ayrimlar bu işda FSBning qöli borligi haqida gapirişadi. Ular bunga sabab sifatida öşa paytda Rossiyada Sobçakning obrösi juda baland bölganini va bu narsa kimlargadir xuş kelmaganini keltirişadi.

Biroq Sobçak Rossiya rahbari böliş uçun «ölib-tirilmayotgandi». Hatto 2000 yilda bölib ötadigan prezidentlik sayloviga ham öz nomzodini qöymagandi.

2024 yil 1 avgust kuni Rossiya Ğarb bilan mahbuslarni almaştirdi. Rossiya bir qator siyosiy mahbuslar, jumladan, Vladimir Kara-Murza, Ilya Yaşin, Pol Uilan va Evan Gerşkoviçni ozod qildi.

Ğarb esa FSB xodimi Vadim Krasikov, Roman Seleznov, FSB zobiti Vadim Konoşenok, Artyom va Anna Dulsevlar va boşqalarni ozod qildi.

Bu almaşuvda iştirok etganlar orasida çeçen muxolifatçisini öldirgani uçun Germaniyada umrbod qamoq jazosini olgan Vadim Krasikov dunyo OAV diqqat markazida böldi. Çunki mahbuslar almaştirilganda Putin Krasikovni bağriga bosib kutib oldi.

Ğarb OAVda yozilişiça, Krasikov Putin bilan u Sankt-Peterburgda Sobçakning yordamçisi bölib işlab yurgan paytlaridayoq «döst» tutingan. Öşa paytda ular birga ovlarga çiqib yurişgan. Söng Krasikov Putinga tansoqçilik qilgan.

Putin prezident bölganidan keyin ham Krasikovni yoniga olgan. U prezidentni qöriqlaydigan tansoqçilar guruhiga ötgan va Putinga sadoqat bilan xizmat qilgan.

Almaşuvdan söng ayrim OAV yana Anatoliy Sobçakni eslab qolişdi. Ularda yozilişiça, Vadim Krasikov bir paytlar Sobçakka ham xizmat qilgan va uning tansoqçisi bölgan. Siyosatçi zaharlanib vafot etgan kuni u ham Svetlogorskdagi mehmonxonada Sobçak bilan birga bölgan.

Mahbuslar almaşuvidan keyin Krasikov Rossiyaga qaytgaç öşanda kimlarningdir buyurtmasi bilan Sobçakni u zaharlab öldirgani ham yozildi.

Krasikovning Sobçakning zaharlab öldirilişida qatnaşgani uzil-kesil tasdiqlanmagan. Siyosatçining ölimi bilan boğliq tafsilotlar qaçonlardir oşkor böladi va balki uni kim zaharlagani öşanda oçiqlanar.

Ğayrat Yöldoş tayyorladi