Zamonaviy tibbiyot tarixida aql bovar qilmas noyob hodisalar tez-tez uçrab turadi. Sovet şifokori Aleksey Şapovalov bilan sodir bölgan voqea ham şular sirasiga kiradi.
Kasbi harbiy şifokor-feldşer bölgan bu şaxs bir paytlar noyob operatsiyani amalga oşiradi va şu işi bilan tarixda qoladi. Hozir şu haqda hikoya qilamiz.
Suv ostida köriçak
1968-yil iyun. SSSRning Şimoliy flotiga tegişli bölgan K-55 nomli harbiy suvosti atom kemasi Şimoliy muz okeanida xizmat vazifasini olib bormoqda.
Kema kapitaniga K-55 ni Tinç okeaniga olib ötiş topşiriği beriladi. Kema Bering böğozi tomon harakat boşlaydi. K-55 ekipajida 100 dan ortiq harbiy xizmatçi bölib, ular orasida harbiy şifokor Aleksey Şapovalov ham bor edi.
Kema Çukotka dengiziga ötgan vaqtda unda favqulodda hodisa yuz beradi. Harbiylar soğligi uçun masʼul bölgan Aleksey Şapovalovning soğligida muammo kuzatiladi.
Kunlarning birida u tösatdan qorin sohasida qattiq oğriqni his qiladi. Oğriq kuçayib, feldşerning tana harorati kötarila boşlaydi. Ança tajribali şifokor bölgan Şapovalov öziga aniq taşxis qöyadi: u köriçak bölgandi.
Vraç kema kapitaniga köriçak bölib qolgani haqida xabar beradi. Biroq öşa paytda muhim topşiriq böyiça suzayotgan kemani qirğoq tomonga olib borişning va Şapovalovni qirğoqqa tuşirişning mutlaqo iloji yöq edi.
Vaziyat biroz tahlikali, agar köriçak yorilib ketsa, qorin pardasining yalliğlanişi va içki aʼzolarda çiriş boşlanişi, oqibatda feldşer vafot etişi muqarrar edi.
Şunda Aleksey Şapovalovning oldida ikkita yöl qoladi. Birinçisi – indamay ölimini kutiş, ikkinçisi – bir amallab bölsa-da özini özi operatsiya qiliş.
Noyob operatsiya
Şapovalov şifokor edi va u har qanaqasiga indamay yotib, ölişini kuta olmasdi. Feldşer tavakkalga qöl uradi – özini özi operatsiya qilişga qaror qiladi.
Şapovalov eng avval öziga berilgan tor kayutadagi oddiy stolni operatsiya stoliga aylantiradi. Söng barça asboblarini sterilizatsiya qilib, öziga yordam beriş uçun ikki nafar matrosni assistent sifatida tanlaydi.
Merkulov familiyali birinçi matros şifokorga asbob-uskunalarni uzatib, operatsiya jarayonini közgu yordamida Şapovalovga körsatib turişi kerak edi. Ikkinçi matros esa yoruğlikni töğri yönaltirib, zarurat tuğilganda feldşerning huşini yöqotmasligini nazorat qilişi lozim edi.











