Germaniya va Rossiya harbiy xizmatçilari, Ukrainaga qarşi boşlagan uruş uçun Rossiyaga qarşi kiritilgan sanksiyalarga qaramay, Xalqaro harbiy sport kengaşi (CISM) musobaqalari va tadbirlarida birga qatnaşdilar. Bu haqda Bild gazetasi 12 oktyabr, şanba kuni keçqurun çop etilgan maqolasida ma’lum qildi.
Naşr ta’kidlaganidek, Xalqaro harbiy sport kengaşi (CISM), aksariyat sport taşkilotlaridan farqli ölaroq, Rossiyani çetlaştirmadi va muntazam ravişda rossiyalik harbiy xizmatçilar, şu jumladan harbiy kiyimda iştirok etişi mumkin bölgan tadbirlarni ötkazib turadi. Ba’zi musobaqalarda rus harbiylari bilan bir qatorda nemislar ham qatnaşgan.
Uşbu ma’lumotni tasdiqlaş uçun gazeta bir neçta fotosuratlarni e’lon qildi. Şunday qilib, 2024 yil fevral oyida Bangladeşda ötkazilgan kamondan otiş musobaqasida sakkiz nafar rossiyalik yetti nemis bilan birga taqdirlaş marosimida suratga tuşgan, ular orasida Germaniya delegatsiyasi rahbari podpolkovnik Kristian Lyutskendorf ham bölgan. May oyida Tanzaniyada bölib ötgan CISM 79-Boş assambleyasi çoğida olingan umumiy suratda taşkilot vitse-prezidenti, Bundesver polkovnigi Dirk Şvede Harbiy jismoniy tarbiya instituti (VIFK) boşliği, general-mayor Oleg Botsman bilan bir qatorda turgan. Yana bir fotosurat Şvede VIFK tadqiqot markazining bölim boşliği, podpolkovnik Andrey Politov bilan öşa Boş assambleyada gaplaşayotgan vaqtida olingan.
GFR kanslerligiga nomzod: Kiyev uçun ğalaba - hududlar nazorati
Ukrainaning Rossiyaga qarşi uruşda ğalabasi uning hududi ustidan nazoratni qaytariş va Rossiya qöşni davlatga hujum qilişni töxtatadigan vaziyat bölişi kerak. Bu fikrni 29 sentabr kuni Bild tabloidiga bergan intervyusida muxolifatdagi Xristian-demokratik ittifoq/Xristian-sotsial ittifoq (XDI/XSI) blokidan Germaniya kansleri lavozimiga nomzod Fridrix Mers bildirdi.
«Ukraina heç qaçon Rossiyani (harbiy jihatdan) mağlub eta olmaydi, - dedi Mers. - Ammo men uçun ğalaba uning hudud ustidan suverenitetini qaytarib olişi kerakligini anglatadi. Biz Rossiyaga harbiy kuç işlatiş bilan uruşni davom ettiriş befoyda ekanligini köriş uçun hamma narsani qilişimiz kerak».












