1974 yilda GDRni çegara punkti orqali tark etmoqçi bölgan polyak Çeslav Kukuşkaning orqasidan öq uzib, uning ölimiga sababçi bölgan «Ştazi» (Germaniya davlat xavfsizligi vazirligi) xodimi 10 yilga muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Leypsigda yaşovçi 80 yoşli erkakka hukmni Berlin sudi çiqardi.

Qayd etilişiça, Berlin prokuraturasi ayblanuvçi uçun 12 yil qamoq jazosini söragan. Prokuror Henrike Hillmanga köra, 1974 yil 29 mart kuni öşa vaqtda oberleytenant unvonida bölgan erkak 2-3 metr uzoqlikdagi pistirmadan 38 yoşli Çeslav Kukuşkaga öq uzgan.

Ayblanuvçi öziga qöyilgan jinoyat yuzasidan körsatma bermagan. Uning himoyasiga köra, erkakning qotillikka aloqadorligini aniq isbotlab bölmaydi. Sud jarayoni avvalida advokat Andrea Libşer öz himoyasi ostidagi erkak aybini tan olmasligini ma’lum qilgandi.

Tergov ma’lumotlariga köra, Saksoniyada yaşagan erkak «Ştazi» tezkor guruhida xizmat qilgan va polyakni «zararsizlantiriş» topşiriği ostida iş körgan. Nemis OAVning yozişiça, Kukuşka Polşa elçixonasiga bomba mulyaji yordamida bostirib kirib, Ğarbiy Berlinga ötib ketişga uringan.

Ta’kidlanişiça, maxsus xizmat xodimlari erkakka soxta hujjatlar berib, uni tuzoqqa tuşirgan. Ya’ni ular fuqaroni Fridrixştrassdagi nazorat-ötkaziş punktiga kuzatib qöygan, ammo u çegaradagi oxirgi nazoratdan ötayotganida öq ovozi yangragan.

Ğarbiy Germaniyadagi Gessen federal yerlarining öquvçilari öşa vaqtda ayblov tomonida guvohlik bergan. Ular Şarqiy Berlinga ekskursiyaga kelganlarida qotillik sodir etilgan. Guvohlardan birining sözlariga köra, qizlar uzun palto va qora közoynakdagi erkak kutilmaganda Çeslav Kukuşkaning ortida paydo bölib qolib, unga öq uzgan. Keyinroq Gessendagi maktab öqituvçilari bolalar guvohi bölgan voqea haqida politsiyaga ma’lumot bergan. Ammo GDR Adliya vazirligiga yöllangan sörovlar natija bermagan.

Ehtimoliy qotilning kimligini körsatgan dalil 2016 yilda paydo bölgan. GDR Davlat xavfsizligi vazirligining rahbari Erix Milke tomonidan imzolangan buyruqda «Ştazi»ning 12 xodimi ismi keltirilgan bölib, ular yuqoridagi qotillik sabab mukofotlangan. Mazkur hujjatga muvofiq, ayblanuvçi «Bronzadan yasalgan jangovar orden» bilan taqdirlangan.

Avvaliga Germaniya prokuraturasi qasddan tasodifiy qotillik haqida gap ketyapti deb hisoblagan va işni 2017 yilda töxtatgan. Ammo bugungi kunda prokuratura işda «qasddan qotillik» alomatlari borligi sabab uni qayta körib çiqişga erişgan. Yangi baholaş uçun ayblanuvçini hibsga oliş töğrisidagi Yevropa orderiga Polşa tomonining doimiy tekşiruvlaridan söng çiqarilgan order asos bölib xizmat qilgan.