AQŞdagi har ikkala partiya siyosatçilari 18 yoşdan 25 yoşgaça bölgan yigitlarni safarbarlikka jalb etiş masalasida Volodimir Zelenskiyga bosim ötkazmoqda. Bu haqda Ukraina prezidenti ofisi rahbarining maslahatçisi Sergey Leşenko ma’lum qildi.
U Zelenskiyga bölayotgan bosim töğrisidagi ma’lumotni tasdiqlay olişini qöşimça qilgan, çunki masala «yuzaga çiqib qolgan». «Şeriklarning asosi quyidagiça: AQŞ Vetnamda uruş boşlaganida u yerga 19 yoşdan olib ketilgan. Şu bois amerikaliklar birgina ğarbning quroli yetmasligi, 18 yoşdan boşlab safarbarlikka jalb etiş kerakligini ta’kidlamoqda», — deb yozadi Leşenko. Bosim aynan qanday körinişda bölayotganiga u oydinlik kiritmagan.
Leşenkoning sözlariga köra, Zelenskiy «bunga rozi bölmagan» va «har ikkala partiya siyosatçilarini çaqiruv yoşidan qat’i nazar qurol berişga köndirişni davom etyapti».
2024 yilning mayida Ukrainada safarbarlik töğrisidagi yangi qonun kuçga kirib, harbiy xizmatga çaqiruv yoşi 27 yoşdan 25 yoşga tuşirildi. Bir yillik harbiy xizmatga çaqirilgan 18-25 yoşdagi yigitlar safarbarlikka jalb etilmaydi, balki muddatli harbiy xizmatni ötaydi. Bu yoşdagi yigitlar faqat tinçlik davrida muddatli xizmatini ötagan yoki oliy harbiy bilim yurtini tamomlagan bölsa, safarbarlikka jalb etiladi.












