Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Özbekiston Qöşilmaslik harakatiga Ugandaning muvaffaqiyatli raisligini olqişlaşini bildirdi.  

“Ugandaning 2027—2029 yillarda Harakatga bölajak raisligimizni qöllab-quvvatlaşini qadrlaymiz. Taşqi işlar vazirliklari örtasida siyosiy maslahatlaşuvlar yölga qöyilişi mamlakatlarimizning manfaatli va istiqbolli hamkorligi uçun mustahkam zamin yaratadi. Tadbirkorlarning özaro aloqalarini mustahkamlaş, xalqaro taşkilotlar doirasidagi hamkorlik, foydalanilmagan salohiyatni  röyobga çiqariş va boşqa masalalar ham kun tartibimizdan örin oldi”, deb yozadi Baxtiyor Saidov.

18 yanvar kuni Kampala şahrida Özbekiston va Uganda örtasida diplomatik munosabatlar örnatiş töğrisida qöşma kommyunike imzolangan edi. Uganda Özbekiston bilan diplomatik munosabatlarni örnatgan 145-mamlakat bölgandi.