Xalqaro Valuta Jamğarmasi (XVJ) tahlilçilarining aytişiça, global davlat qarzi juda yuqori darajada çiqdi.

«Joriy yil oxiriga borib u 100 trillion AQŞ dollaridan oşib ketişi yoki jahon yalpi içki mahsulotining 93 foizini taşkil etişi kutilmoqda va 2030 yilga borib YaIM 100 foiziga yaqinlaşadi. Bu 2019 yilga nisbatan, ya’ni pandemiyadan oldingi yalpi içki mahsulotga nisbatan 10 foiz köpdir», deyiladi XVJ bayonotida.

XVJ hisob-kitoblariga köra, vaziyat noaniq bölsa-da (mamlakatlarning uçdan ikki qismi davlat qarzini barqarorlaştirişi yoki kamaytirişi kutilmoqda), kelajakdagi qarz darajasi hatto prognozlardan ham oşib ketişi mumkin.

«Uni barqarorlaştiriş yoki qisqartiriş uçun hozir prognoz qilinganidan köra köproq budjet tuzatişlari talab qilinişi ehtimoli katta», deb ta’kidlaydi jamğarma mutaxassislari.

Ular siyosatçilarga pul kursini yumşatiş siklidan foydalangan holda ösiş va zaif oilalarni himoya qiluvçi puxta işlab çiqilgan fiskal siyosat bilan qarz xatarlariga qarşi turişni tavsiya qilmoqda.

XVJ hisobotida aytilişiça, köplab mamlakatlarning moliyaviy istiqbollari uçta sababga köra kutilganidan yomonroq bölişi mumkin: xarajatlarga ehtiyojning ortişi, qarz prognozlarining optimistik moyilligi va noma’lum qarzlarning katta miqdori.

«Bundan taşqari, mamlakatlar aholining qarişi va soğliqni saqlaş masalalarini hal qiliş, yaşil iqtisodiyotga ötiş va iqlim özgarişiga moslaşiş, şuningdek, geosiyosiy keskinlik kuçayişi sababli mudofaa va energiya xavfsizligini ta’minlaş uçun köproq mablağ sarflaşi kerak», deb ta’kidlaydi XVJ.

«Öta noqulay ssenariyda jahon davlat qarzi uç yil içida yalpi içki mahsulotning 115 foizini taşkil qilişi mumkin, bu joriy prognozdan deyarli 20 foiz punktga yuqori», deyiladi bayonotda.

Jamğarma tahlilçilarining prognozlariga köra, mamlakatlarning uçdan ikki qismida qarz barqarorlaşadi yoki kamayadi, ammo qarz yuki hali ham pandemiyagaça bölgan davrga nisbatan kutilganidan ança yuqori.

AQŞ, Buyuk Britaniya, Braziliya, Fransiya, Italiya va Janubiy Afrika kabi mamlakatlarda davlat qarzi ösişda davom etişi kutilmoqda.

Markaziy Osiyo davlatlaridan olingan statistik ma’lumotlarga köra, joriy yil boşida Qozoğiston eng köp davlat qarziga egaligi (59,8 mlrd dollar), Tojikiston (3,6 mlrd dollar) nisbatan eng kamiga egaligi aniqlangan.

Davlat qarzining yalpi içki mahsulotga nisbati böyiça Turkmaniston qarzi (5 foiz) eng qulay holatda, davlat qarzining YaIMga nisbatan eng yuqori nisbati Qirğizistonda (45,2 foiz) qayd etilgan.

Umuman olganda, 2024 yil 1 yanvar holatiga Markaziy Osiyo davlatlarining davlat qarzi quyidagiça:

- Qozoğiston – 59,8 mlrd dollar, YaIMning 23 foizi;

- Özbekiston – 34,9 mlrd dollar (29,6 mlrd dollar – taşqi, 5,3 mlrd dollar – içki qarz), YaIM 34,4 foizi.

- Qirğiziston – 6,2 mlrd dollar (4,6 mlrd dollar – taşqi, 1,6 mlrd dollar – içki), YaIM 45,2 foizi;

- Turkmaniston - 3,8 mlrd dollar, YaIM 5 foizi;

- Tojikiston – 3,6 mlrd dollar (3,2 mlrd dollar – taşqi qarz, 0,4 mlrd dollar – içki qarz), YaIM 30,2 foizi;