1-iyulholatiga Özbekistonning davlat qarzi 48,3 mlrd dollarga yetdi va yilning birinçi yarmida 1,46 mlrd dollarga köpaydi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisobotida keltirilgan.
Davlat qarzining asosiy qismi (84 foiz) taşqi qarz hissasiga töğri keladi - 40,71 mlrd dollar. Taşqi qarzning yalpi içki mahsulotga nisbati birinçi çoarkdagi 22,2 foizdan 22,8 foizgaça oşgan. Bu davrda içki qarz 9,2 foiz yoki 642 mln dollarga ösib, 7,6 mlrdga yetgan. YaIMga nisbatan uluşi ham 4 foizdan 4,2 foizga kötarilgan.
Özbekiston davlat qarzi 2019-2025 yillar oraliğida quyidagiça özgargan:

2026-yil birinçi yarim yillik yakunlariga köra, jon boşiga davlat qarzi 1254 dollarni taşkil etdi.
Jalb qilingan qarz mablağlari nimaga işlatilgan?
Hisobot davri yakuniga köra, jami davlat taşqi qarzining 50 foizi (20,5 mlrd dollar) byudjetni qöllab-quvvatlaşga, 13 foizi (5,5 mlrd dollar) yoqilği-energetika sohasiga, 8 foizi qişloq va suv xöjaligiga (3,3 mlrd dollar), 8 foizi (3 mlrd dollar) transport va transport infratuzilmasiga, 8 foizi uy-joy kommunal xöjaligiga (3,4 mlrd dollar) yönaltirilgan.
Özbekiston kimlardan qarz olgan?
2026-yil 1-iyul holatiga davlat taşqi qarzining asosiy qismi quyidagi taşkilotlardan jalb qilingan:
- Jahon banki - 9,1 mlrd dollar;
- Osiyo taraqqiyot banki - 8,2 mlrd dollar;
- Xalqaro investorlar (xalqaro yevrobondlar) - 6,7 mlrd dollar;
- Xitoy moliya taşkilotlari – 3,9 mlrd dollar;
- Yaponiya moliya taşkilotlari - 3,1 mlrd dollar;
- Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki - 2,3 mlrd dollar;
- Fransiya moliya taşkilotlari – 1,3 mlrd dollar;
- Islom taraqqiyot banki - 1,2 mlrd dollar;
- Germaniya davlat banki - 725 mln dollar;


















