AQŞ davlat qarzi tarixda ilk bor 40 trillion dollarlik çegaradan ötdi. Oxirgi ön yil içida qariyb ikki barobarga köpaygan moliyaviy majburiyatlarning keskin oşişiga yuqori foiz tölovlari, byudjet taqçilligi, siyosiy qarorlar va harbiy xarajatlar taʼsir ötkazayotgan bölişi mumkin. Xöş, Amerikaning qarz yuki nega töxtovsiz ravişda ösib borapti va bu global iqtisodiyot uçun qanday xatarlarni yuzaga keltiradi?
Amerika davlat qarzi tarixda ilk bor 40 trillion dollardan oşdi. Mamlakat Moliya vazirligi eʼlon qilgan maʼlumotlarga köra, 18-avgust holatiga davlat qarzining umumiy qiymati 40 trillion 47 milliard dollarga yetgan. Şundan xususiy investorlar, aholi va taşkilotlar oldidagi qarz 32 trillion 265 milliard dollardan ortiqni, hukumatlararo içki qarz majburiyatlari esa 7 trillion 781 milliard dollardan ortiqni taşkil etadi. Soddaroq qilib aytadigan bölsak, davlat qarzi xuddi oddiy fuqaro özining kredit kartasidan har oylik maoşidan köra köproq pul sarflab, qarzini töliq yopolmay, foizlar ustiga foizlar minib borişiga öxşaydi. Hukumatning xarajatlari uning soliqlar orqali yiğadigan daromadlaridan doimiy ravişda oşib ketişi yillik byudjet kamomadlarini yuzaga keltiradi va bu kamomadlar yillar davomida yiğilib, umumiy davlat qarzini taşkil qiladi.
10 yilda 2 barobar ösiş
Amerika qarzining tarixi mamlakatning mustaqillik uçun olib borgan kuraşlari va uning davlat sifatida şakllaniş davriga borib taqaladi. 1790-yilda AQŞning birinçi moliya vaziri Aleksandr Gamilton ştatlarning uruş davridagi qarzlarini federal hukumat zimmasiga oliş taşabbusi bilan çiqadi. Mamlakatning ilk davlat qarzi 75 million dollarni taşkil etgan. Ajablanarli tomoni AQŞ butun tarixi davomida faqat bir marta töliq qarzsiz davlatga aylangan. Bu voqea 1835-yilning yanvar oyida, Endryu Jekson boşqaruvi paytida yuz beradi. U xarajatlarni çeklaydi va davlatga tegişli yerlarni agressiv ravişda sotiş orqali 33 million dollarlik qarzni töliq uzişga muvaffaq böladi. Biroq, bu muvaffaqiyat uzoqqa çözilmadi. Jeksonning bank siyosati va çayqovçilik kreditlari ortidan kelib çiqqan 1837-yildagi iqtisodiy vahima mamlakatni çuqur inqirozga botirdi va hukumat yana qarz olişga majbur böldi. Öşa kundan boşlab to bugungi kungaça Amerika davlat qarzi faqat ösib kelapti.
Xususan, Donald Tramp özining birinçi prezidentlik muddatini boşlagan 2017-yilning yanvarida davlat qarzi 19,95 trillion dollar bölgan. Öşanda paytda u raqamlar qörqinçli darajada ekanligiga urğu berib, «sakkiz yil içida», yaʼni ikki prezidentlik muddati davomida bundan qutuliş mumkinligini aytgandi. Amalda esa 10 yildan kamroq vaqt içida Amerikaning moliyaviy majburiyatlari 2 barobarga oşdi. Trampning birinçi muddati davomida qarzga 7,8 trillion dollar, Jo Bayden boşqaruvi yillarida esa 8,4 trillion dollar qöşildi. 2025-yil yanvarida Tramp qayta Oq uyga kelganidan beri ötgan bir yarim yil içida qarz yana 3,8 trillion dollarga oşdi.

Nega AQŞ qarzi keskin oşib ketdi?
Oxirgi yillarda AQŞ davlat qarzining keskin oşib borayotgani mutaxassislarni ham hayratda qoldirapti. 2025-yilning oktabr oyida qarz 38 trillion dollarga yetgan bölsa, 2026-yilning martida bu körsatkiç 39 trillion dollargaça köpaydi. Oradan beş oy ham ötar-ötmas 2026-yilning 18-avgustida 40 trillion dollarlik marra ham zabt etildi. Bunday şiddatli tezlaşuvga qator omillar taʼsir qilayotgan bölişi mumkin.
Birinçidan, qarzga xizmat körsatiş xarajatlari oşib borapti. Ötgan yillarda yuzaga kelgan kuçli inflatsiyani jilovlaş maqsadida AQŞ Federal zaxira tizimi foiz stavkalarini sönggi 20 yildagi eng yuqori darajagaça kötardi. Bu hukumat uçun juda qimmatga tuşdi, çunki davlat özining yangi obligatsiyalarini sotiş va eski qarzlarini yangilaş uçun sarmoyadorlarga ança yuqori daromad taklif qilişga majbur böldi. Vaziyat şu darajaga yetdiki, 2024-yildan boşlab tarixda birinçi marta davlat qarzi böyiça sof foiz tölovlari milliy mudofaa xarajatlari hamda qariyalar uçun tibbiy suğurta dasturi xarajatlaridan ham oşib ketdi. 2026-moliya yilining dastlabki töqqiz oyida davlat qarzini tölaş böyiça foizlarga 827 milliard dollar sarflandi. Yil oxiriga borib bu körsatkiç 1 trillion dollarga yaqinlaşişi kutilapti. Yaʼni hukumat eski qarzning foizlarini tölaş uçun yangi qarz olişga majbur bölapti, bu esa umumiy qarz miqdorini heç qanday real iqtisodiy qiymat yaratmasdan turib oşirib yuboradi.
Ikkinçidan, qarzning oşib borayotganiga siyosiy qarorlar ham taʼsir körsatapti. Joriy yilning fevral oyida AQŞ Oliy sudi Tramp tomonidan örnatilgan yirik bojxona tariflarini noqonuniy deb topdi va bekor qildi. Bu qaror hukumat byudjetiga ikki karra zarba berdi. Birinçidan, rejalaştirilgan ulkan bojxona tuşumlari töxtadi. Ikkinçidan, davlat qonunga xilof ravişda yiğib olingan tariflarni biznes egalariga qaytarib berişga majbur böldi. Xususan, 2026-moliya yilining boşidan beri hukumat tariflarni qaytariş operatsiyalari uçun 100 milliard dollarga yaqin mablağ sarflagan. Tuşumlarning kamayişi va xarajatlarning ortişi Moliya vazirligini şoşilinç ravişda qimmatli qoğozlar çiqarişga majbur qilgan. Şuningdek, Tramp tomonidan 2025-yil 4-iyulda imzolagan hamda «yagona, katta va çiroyli» deya taʼriflangan qonun ham Amerika iqtisodiyotiga qimmatga tuşişi va keyingi 10 yilda qarzni 4,1 trillion dollarga oşirişi prognoz qilinapti.
Uçinçidan, qariyb olti oydan beri davom etayotgan Erondagi uruşni moliyalaştiriş ham Qöşma Ştatlar byudjetiga qimmatga tuşapti. Mudofaa sohasiga va harbiy harakatlarga mlrdlab dollar qöşimça mablağlar yönaltirilapti. Uruşning narx-navo va inflatsiyaga körsatayotgan taʼsiri bugungi kunda AQŞ iqtisodiyoti oldida turgan eng jiddiy xatarlardan biri sifatida körilapti.
Eng katta xavflardan biri şuki, AQŞ endilikda global miqyosdagi kutilmagan iqtisodiy inqirozlarni bartaraf etiş uçun moliyaviy öq-dorisiz qoldi. 2008-yilgi moliyaviy halokat yoki 2020-yildagi Covid-19 pandemiyasi davrida Amerika xalqaro bozorni saqlab qoliş uçun qisqa vaqt içida trillionlab dollar qarz olişga qodir edi. Bugungi kunda esa davlat qarzi YaIMning qariyb 123 foizini taşkil etmoqda va hukumat qöli boğlangan holatda qolgan.
















