Dunyodagi uçta yirik tamaki işlab çiqaruvçi kompaniyalar Kanadada çekuvçilar soğliğiga yetkazilgan zarar uçun 23 milliard dollardan ortiq kompensatsiya tölaşga tayyor. Gap Philip Morris, British American Tobacco va Japan Tobaccokompaniyalari haqida ketmoqda, deb yozadi Reuters.

Ta’kidlanişiça, Kanadada davom etayotgan sud jarayoni böyiça kelişuvni amalga oşiriş tölovi 32,5 milliard Kanada dollarini (23,6 milliard AQŞ dollari) taşkil etadi. Bu AQŞdan boşqa dunyoning istalgan davlatida tamaki işlab çiqaruvçilar tomonidan tölangan eng katta miqdordagi kompensatsiya böladi.

1950 yildan 1998 yilgaça tamakiga qaram bölib qolgan insonlar, şuningdek, ularning merosxörlari tölovlarga da’vogar böla oladi. Kanada provinsiyalari va hududiy hukumatlari ham kompensatsiya oladi.

Ma’lum qilinişiça, kompensatsiyaning yakuniy hisob-kitobi kamida yil oxirigaça davom etadigan yana bir qança tasdiqlov jarayonlaridan ötişi kerak.

Avvalroq Miçigan universiteti olimlari har qanday yoşda ham tamaki çekişdan voz keçiş inson soğliği uçun foydali va umrni uzaytirişini aniqlagan edi. Tamaki tutuni tarkibida minglab zaharli moddalar mavjud bölib, u tananing deyarli barça organlariga zarar yetkazadi va saratonning köplab turlarini, insult, yurak va öpka kasalliklarini keltirib çiqaradi.