Angliya: markaziy öyinda kutilmagan qahramon
«Liverpul» — «Çelsi» 2:1
Gollar: Saloh (29, penalti), Jons (51) — Jyekson (48).
«Liverpul» – Kelleher, Roberson, van Deyk, Konate, Aleksander-Arnold (Gomes, 81), Jons (Mak Allister, 81), Gravenberh, Gakpo (Dias, 66), Soboslai, Saloh, Jota (Nunes, 30).
«Çelsi» – Sançes, Gyusto, Koluill, Adarabioyo (Badiaşil, 53), Jyeyms (Veyga, 53), Laviya (Fernandes, 53), Kaysedo, Palmer, Sanço (Netu, 46), Madueke (Nkunku, 76), Jyekson.
Ogohlantirişlar: Adarabioyo (6), Slot (26), Jyekson (28), Soboslai (45+8), Nunes (69), Veyga (78), Konate (80), Mak Allister (90+2).
«Liverpul» va «Çelsi» bu mavsumda kutilganidan yuqoriroq daraja namoyiş etmoqda. Londonliklar ikki yillik pasayişdan keyin yana Çempionlar ligasiga da’vogar, mersisaydliklarga Yurgen Klopp ketişi ta’sir körsatmagan. 8-turda bu jamoalardan kamida bittasi oçko yöqotişi muqarrar edi. Bu klub esa diskvalifikatsiya tufayli Fofana va Kukurelyaning xizmatlaridan foydalana olmagan «Çelsi» böldi.
Öyin «Liverpul» uçun qulay tarzda boşlandi. «Çelsi» hujumkor öyinini namoyiş etişga urindi va maydonning öz darvozasi joylaşgan tomonida katta böşliqlar qoldirdi. Natijada mezbonlar muntazam ravişda bir-ikki pas bilan maydon markazini kesib öta boşladi. «Liverpul» futbolçilari har safar yanada tezroq harakatlanişdi. Hujumlardan birida «Çelsi» darvozaboni joniga rikoşet ora kirdi.

Oltinçi daqiqada «Liverpul» futbolçilari hujumni töxtatgan Adarabioyoni sönggi umid folini işlatişda ayblab, unga qizil kartoçka körsatişni talab qilişdi. Hakam esa «Arsenal»ning bir kun oldingi öyinida Saliba bilan bölgan vaziyatdan farqli ölaroq, bu yerda boşqa himoyaçilar yaqinroq bölgani va töp oldinga emas, qanot tomon ketganini körsatib, mezbonlar futbolçisi yakkama-yakka vaziyatga çiqib ketişi ehtimoli kam bölgan deb topdi va sariq kartoçka körsatiş bilan kifoyalandi.
Bundan taşqari, «Liverpul» birinçi bölimda tört marta penalti talab qildi. Birinçi holatda bu çindan ham fol bölib körinmagandi, çunki töp himoyaçining pastga tuşirilgan qöliga kelib tegdi. Ikkinçi epizodda Kolvill va Saloh örtasida keskinroq yakkakuraş keçdi. Agar boş hakam penalti qöyganida, VAR aralaşişi dargumon edi. Uçinçi holatda Kolvillning Jonsga işlatgan folidan keyin arbitr 11 metrlik nuqtani körsatdi va Saloh zarbani işonçli ijro etdi.
Bölim oxirida esa hakam «Liverpul» foydasiga ikkinçi bor penalti belgiladi. Ammo videotakror «Çelsi» darvozaboni Jonsga qöpollik qilmagani va töpga öynaganini körsatdi. VAR boş hakamni monitorga çaqirdi va u epizodni qayta körib çiqib, qarorini bekor qildi.

«Çelsi» ham birinçi bölimda qator hujumlar uyuştirdi, Palmer ikkita imkoniyatni qöldan çiqardi. «Liverpul» 30-daqiqadayoq Jota jarohat olib maydonni tark etganiga qaramay, ustunlik qilişda davom etdi.
Ikkinçi bölim «Çelsi»ning Nikolas Jyekson ijrosidagi goli bilan boşlandi. Avvaliga gol ofsayd tufayli hisobga olinmagandi, ammo bu yerda ham mehmonlarga VAR yordamga keldi. Videotakrordan keyin forvard ofsaydga yaqin bölgan bölsa-da, Konatening oyoği undan oldinroqda qolib ketgani ma’lum böldi.

«Liverpul» esa uç daqiqa ötib hisobdagi ustunlikni öziga qaytardi. «Çelsi» himoyaçilaridan heç biri Jonsni qöriqlamadi, u jarima maydoni içiga yorib kirib, töpni qabul qildi va uni darvozabonning qöli ostidan ötkazdi.
«Çelsi» 53-daqiqaga kelib barça almaştirişlarni amalga oşirib böldi. Sanço, Adarabioyo, Jyeyms va Laviya örniga Netu, Badyaşil, Fernandes va Veyga tuşirildi. Öyin biroz tinçlandi – ikki darvoza qarşisida ham xavfli vaziyatlar kamaydi, maydon markazidagi yakkakuraşlar ortdi.
«Çelsi»ning hujumlari ogohlantirişlar evaziga töxtatildi. Konate ham, zaxiradan öyinga qöşilgan Mak Allister ham şunday qilişdi. Ikki jamoa futbolçilari jami 7 ta sariq kartoçka olişdi, 90 daqiqa davomida darvoza sohasiga töğri borgan zarbalar soni ham şunça çiqdi.
Hakam asosiy vaqtga yetti daqiqa qöşib berdi, ammo «Liverpul» ğalabali hisobni saqlab qoldi. Arne Slot şogirdlari turnir jadvalida birinçi öringa qaytişdi». «Çelsi» esa «Brayton»ni oldinga ötkazib yuborib, oltinçi öringa tuşdi.
Mersisaydliklar keyingi öyinni «Arsenal»ga qarşi safarda ötkazişadi. Mareska şogirdlarini esa qiyin oraliq kutmoqda — londonliklar navbatma-navbat «Nyukasl», «MYu» va «Arsenal»ga qarşi öynaydi.
«Vulverhempton» — «Mançester Siti» 1:2
Gollar: Larsen (8) — Gvardiol (33), Stounz (90+5).
«Vulverhempton» – Sa, Gomeş, Douson, Bueno, Ait-Nuri, Semedu, Lemina, Andre (Doyl, 46), Gomes (Bellgard, 90), Kunya (Borjyeş, 67), Larsen (Gedeş, 80).
«Mançester Siti» – Ederson, Gvardiol, Diaş, Stounz, Lyuis, Kovaçiç (Nuneş, 86), Silva, Gundöğan, Doku (Foden, 66), Savio (Griliş, 73), Holand.
Ogohlantirişlar: Gomeş (14), Semedu (20), Savio (39), Gomes (63), Sarabiya (90+8).
Bu mavsumda «Mançester Siti» himoyaçilari öz vazifalarini namunadagidek bajara olişmayapti, jamoa mavsum startidagi 7 öyindan 6 tasida darvozasi daxlsizligini saqlay olmagandi. Örtamiyona darajadagi navbatdagi raqibdan ham tezkor gol ötkazib yuborildi. «Börilar» amaldagi çempionlar pressinginidan ajoyib çiqib ketdi, Lyuis esa Strand-Larsenni qöriqlay olmadi, u Nelson Semeduning qanotdan uzatmasini osonlik bilan golga aylantirdi. Keyingi qarşi hujumda esa portugaliyalik futbolçining özi darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatda paydo böldi, ammo Ederson bu duelda ustun keldi.
Gvardiol esa bor mahoratini işga solişiga töğri keldi. Bungaça öyin davomida bir neça bor jamoasini qutqargan Joze Sa xorvatiyalik himoyaçining uzoqdan yöllagan kuçli zarbasidan keyin töpga barmoqlari uçi bilan tegişga ulgurdi, ammo töp olis «töqqizlik»ka borib tuşişiga tösqinlik qila olmadi, Gvardiol esa APLda 2024 yilning eng yaxşi töpurar himoyaçisiga aylanib oldi. Qöşimça daqiqalarda esa mehmonlarning boşqa bir himoyaçisi Stouns burçakdan uzatilgan töpga barçadan baland sakrab, yana bir bor jamoasiga ğalaba keltiruvçi golni urdi.

Ispaniya: Simeone öğlidan mamnun
«Atletiko» — «Leganes» 3:1
Gollar: Syorlot (69, 90+10), Grizmann (81) — Noupa (34).
«Atletiko» – Oblak, Galan, Langle (Ximenes, 64), Vitsel, Molina (Lino, 46), Koke (De Paul, 57), Grizmann, Rikelme (Simeone, 57), Barrios, Syorlot, Korrea (Alvares, 57).
«Leganes» – Dmitroviç, Xavi (Enrik Frankesa, 83), Nastasiç, Serxio Gonsales, Roze, Raba (Lopes, 68), Sisse (Diyego Garsiya, 83), Tapiya, Neu, Xuan Krus (Munir, 68), de la Fuente (Aller, 77).
Ogohlantirişlar: Langle (30), Galan (73), Sisse (80), Grizmann (89), Simeone (90+2), De Paul (90+8).
«Atletiko»ga milliy jamoalar öyinlari ta’sir körsatmagani aniq. Madridliklar tanaffus arafasida Çempionlar ligasida «Benfika»dan şarmandali hisobda mağlub bölgan (0:4) va içki çempionatda «Real Sosiyedad» bilan öyinda ğalabani qöldan çiqargandi (1:1). «Leganes» bilan ham barçasi silliq keçmadi. Segundadan çiqib kelgan jamoa öz tarixida ilk bor «matrasçilar» maydonida gol urdi va hisobdagi ustunlikni ançagaça özida uşlab turdi. Faqat qizil-oqlar bilan öyinda hisobni saqlaş uçun öynaş özini oqlamaydi, çunki la liganing bu mavsumida boşqa biror jamoa oxirgi ön beş daqiqalikda ulardan köra köproq gol (7) ura olmagan.
«Atletiko» esa öyinning özi uçun omadli keçadigan oxirgi qismini kutmasdan hisobni tenglaştirdi. Serlot nihoyat poytaxt jamoasi safida ilk uy golini urdi, u Vitselning pasidan keyin töpni tovoni bilan darvoza töriga kiritib yubordi. Va aynan u öyinga qöşib berilgan daqiqalar yakunida mehmonlarni uzil-kesil taslim qildi. Norvegiyalik hujumçi 2024 yil boşidan buyon urgan gollari soni böyiça la ligada faqat Levandovskidan ortda (21 ga qarşi 19). Öyindagi ğalaba goli urilgan kombinatsiya esa Diyego Simeoneda özgaça hissiyotlar uyğotgani aniq, bu hujum davomida boş murabbiyning öğli Juliano yon çiziqqa borayotgan töpga jon holatda taşlanib yetib bordi va uni Grizmannga uzatdi.
«Barselona» — «Sevilya» 5:1
Gollar: Levandovski (24 penalti, 39), Pedri (28), Torre (82, 88) — Idumbo (87).
«Barselona» – Penya, Balde, Martines, Kubarsi, Kunde, Pedri (Gavi, 83), Kasado, Fati (Martin, 76), Rafinya (Lopes, 66), Yamal (Torre, 76), Levandovski (Viktor, 66).
«Sevilya» – Nyuland, Pedrosa (Montiel, 81), Markao Teyşeyra, Bade, Karmona, Gudel, Agume (Idumbo-Muzambo, 70), Ejuke (Lokonga, 45+1), Peke (Suso, 46), Lukebakio, Romero.
Ogohlantirişlar: Pedrosa (45+4), Fati (74), Sou (85).
«Sevilya» «Barselona» hujumlarini katta qiyinçiliksiz qaytarib turgandi, ammo Peke Rafinyaga işlatgan ahmoqona fol barçasini özgartirib yubordi. Levandovski penaltini öz odatiga köra ijro etdi, yana tört daqiqa ötib maydon markazida töp olib qöyilgaç, boşlangan tezkor qarşi hujumda Pedri jarima maydoni taşqarisida töpga birinçi teginişida tösin ostiga qaytarib bölmas zarba yölladi.
Tanaffus arafasida esa Levandovski yana bir goli bilan intrigaga butkul barham berdi. Polyak hujumçisi ikki zarbasi bilan «kuçli beşlik»dagi töpurarlar poygasida oldinga çiqib ketdi. U avvaliga Gerd Myuller bilan tenglaşdi. Keyin — Jimmi Grivz bilan. Endi u 366 ta aniq zarbasi bilan uçinçi örinda joylaşgan. Undan oldinda faqat Messi (496) va Kriştianu Ronaldu (495) bor.
Uçta gol farqidan keyin oldinda YeÇL doirasida «Bavariya»ga qarşi va içki çempionatda «Real» bilan klasiko öyini borligini nazarda tutgan holda boş murabbiy yetakçilarga dam berişga qaror qildi. Lekin zaxiradan tuşgan Pablo Torre ham dubl qayd etdi. Uning aniq zarbalaridan keyin jamoaning mavsum boşidagi 9 turda urgan gollari soni 31 taga yetdi, bu «Barsa»da 2012 yildan buyon eng sermahsul start. Yirik ğalabadan keyin «Real» bilan oradagi uç oçkolik farq saqlab qolindi.

Öyindagi muhim voqea esa – Gavi oğir jarohatdan 349 kun ötib yana maydonga qaytişi böldi. 83-daqiqada uni muxlislar ham, futbolçilar ham olqişlar bilan qarşi olişdi. Gavi sardorlik boğiçini qabul qilib oldi va odatini kanda qilmasdan birinçi harakatidayoq fol işlatdi.
Hansi Flikda tarkib böyiça imkoniyatlar kengaymoqda, bundan avvalroq avgust oyidan buyon jarohatini davolagan Fermin Lopes safga qaytgandi, şuningdek, Dani Olmo ham jarohatidan keyin ilk bor öyin qaydnomasiga kiritildi.

Italiya: Lautaro tarixga kirmoqda
«Empoli» — «Napoli» 0:1
Gol: Kvaratsxeliya (63, penalti).
«Empoli» – Vaskes, Viti, Ismayli, Gogliçidze (Henderson, 79), Grassi (Solbakken, 72), Anjorin (Xaas, 78), Fatssini (Ekong, 78), Petssella, Gyasi, Espozito, Kolombo (Konate, 86).
«Napoli» – Kaprile, Spinatssola (Olivera, 59), Buonjorno, Rrahmani, Di Lorenso, Maktominey, Gilmur, Zambo-Angissa, Kvaratsxeliya (Neres, 76), Lukaku (Simeone, 59), Politano (Matssokki, 87).
Ogohlantirişlar: Grassi (33), Zambo-Angissa (37), Di Lorenso (76).
«Empoli» bilan oson keçmagan uçraşuvdagi ğalaba Antonio Konte jamoasiga yakkapeşqadamlikni saqlab qolişga imkon berdi, öyindagi hal qiluvçi palla esa Politano raqib jarima maydoni içida yiqilişi böldi. Arbitr «nuqta»ni körsatdi va Kvaratsxeliya penaltini aniq ijro etdi. Ötgan mavsumda Xviçada bu borada xatoliklar kuzatilgandi, bu safar esa u öz vaqtida pauza qilib, darvozabonni aldadi va sovuqqonlik bilan maydon markaziga kuçli zarba yölladi. Qayd etiş kerakki, yil boşidan buyon A seriyada faqat ikki futbolçi kamida 10 gol urgan va şu bilan birga kamida beşta golga uzatma bergan. Yakşanba kuni gurjistonlik vinger şu ikkinçi futbolçiga aylandi, faqat milanlik Pulişiçning statistikasi unikidan yaxşiroq (11+7).
«Roma» — «Inter» 0:1
Gol: Martines (60).
«Roma» – Svilar, Anxelino (Ermoso, 79), Ndika, Mançini, Pellegrini, Dibala (Sule, 79), Çelik, Zalevski (Baldanzi, 72), Kristante (Le Fe, 79), Kone (Pizilli, 53), Dovbik.
«Inter» – Zommer, Bastoni (Bissek, 71), Açerbi (de Vrey, 27), Pavar, Dimarko, Darmian (Dumfris, 71), Mxitaryan, Çalxonöğli (Frattezi, 12), Barella, Martines (Korrea, 72), Tyuram.
Ogohlantirişlar: Barella (48), Kristante (49), Pizilli (62), Darmian (68), Korrea (78).
Bu turda Italiyaning yetakçi klublari muxlislarini sermahsullik bilan xursand qila olişmadi. «Milan», «Yuventus» va «Napoli» bittadan gol urişdi, turinliklar goli raqib futbolçisi avtogoli sifatida yozilgan. «Roma» bilan öyinda «Inter» ham bu an’anani davom ettirdi. «Neradzurrilar»da tarkib böyiça jiddiy muammolar yuzaga keldi, birinçi bölim örtalarida Simone Indzagi jarohat tufayli ikki muhim futbolçisi — Hoqon Çalxonöğli va Açerbini almaştirişga majbur böldi.
Ammo amaldagi çempionlar qiyin vaziyatdan çiqib ketişdi va raqibni xato qilişga majburlab, bundan foydalanişdi. Kutilganidan barvaqt maydonga çiqqan Frattezi töpni Zalevskidan olib ketdi, «börilar» himoyaçilari töpni jarima maydonidan uzoqlaştira olişmadi va Lautaro Martines kuçli zarba bilan töpni tösin ostidan kiritdi. Bu argentinalik hujumçi uçun qora-kök libosdagi 133-gol böldi va u endi Iştvan Nerş bilan birgalikda «Inter» tarixidagi eng yaxşi xorijlik töpurar bölib turibdi.

Fransiya: De Dzerbi — Biyelsa kabi
«Monpele» — «Marsel» 0:5
Gollar: Vai (1), Harit (36), Hyoyberg (40), Grinvud (58), Luis Enrike (73).
«Monpele» – Lekomt, Silla (Minkarelli, 56), Omeragiç (Jodiç, 55), Sako (Tşato, 86), Ture, Njingula, Şotar (Ferri, 39), Kulibali (Hazri, 85), Savaniye, Norden, Adams.
«Marsel» – Rulli, Garsiya (Ronjye, 79), Kornelius, Balerdi, Lirola (Murillo, 60), Rabio, Hyoyberg, Harit (Sternal, 79), Rou (Luis Enrike, 60), Grinvud, Vai (Kone, 70).
Ogohlantirişlar: Kornelius (19), Njingula (27), Rou (51), Sternal (90).
Çetlatiş: Jodiç (64).
Ikki haftalik tanaffusdan oldin «Marsel» tempni pasaytirib, «Strasbur»ga yutqazgan (0:1) va bir kişi köp bölib harakat qilganiga qaramay, öz uyida «Anjye» bilan durang öynagandi (1:1). Ammo yakşanba kuni Roberto De Dzerbi jamoasi yana yuqori formaga qaytdi va «Monpele» rahbarligida 200-öyinini ötkazgan Mişel Der Zakaryanning yubileyini rasvo qildi. 38-soniyadayoq Vai sobiq jamoadoşlarini ranjitdi.
Provansalliklar uçinçi örinda va peşqadamlar «PSJ» va «Monako»dan faqat uç oçkoga ortda bormoqda, endi barça Marselo Biyelsaning «Velodrom»dagi faoliyati bilan parallellar ötkazmoqda. Ön yil muqaddam ham «Marsel» 8 tur yakunlariga köra şunday samaradorlik (21 gol) körsatgandi. Argentinalik mutaxassis boşqaruvi davridan buyon jamoa safar öyinlarida bunday yirik hisobda ğalaba qozonmagandi.

Kun statistikasi
0:4 — «Gavr»ning liga 1 öyinlarida 1988 yildan buyon eng yirik mağlubiyati. Bu jamoani tor-mor keltirgan «Lion» ikki mavsumdan buyon ilk bor turnir jadvalida urilgan va ötkazilgan gollar nisbati böyiça ijobiy farqqa erişdi.
«Fiorentina» 1966 yil oktyabridan buyon ilk bor A seriyada safar öyinlarida 6 gol urdi.
Italiyalik hujumçi Retegi «Atalanta» safidagi töqqiz öyinda 8 gol urdi. Bergamoliklar klubi tarixida faqat 1949 yilda Karl-Age Hansen bundan yaxşiroq debyut qilgan (9 gol).
«Fiorentina» yarimhimoyaçisi Kataldi A seriyadagi ön golidan 8 tasini jarima maydoni taşqarisidan urgan. Opta kompaniyasi bunday ma’lumotlarni hisoblaşni boşlaganidan buyon (2004/05 yillar mavsumi) uzoqdan yöllangan zarbalar uluşi faqat Gekxan Inlerda yuqoriroq bölgan (93 foiz).
«Liverpul» mavsum startidagi ön bir öyindan 10 tasida ğalaba qozondi. Qizillar boşqaruvida Arne Slotgaça faqat Kenni Dalgliş bunday natija bilan maqtana olardi (1990/91 yillar mavsumi). Butun APL böyiça esa faqat Xosep Gvardiola ikki raqamda ifodalanadigan ğalabaga undan tez erişgan (10 öyinda 10 ğalaba).
«Liverpul» hujumçisi Muhammad Saloh APLning 34 öyinida ham gol, ham golli uzatma muallifi bölgan. Bu körsatkiç böyiça misrlik futbolçi faqat Runidan ortda (36).
«Atalanta» yarimhimoyaçisi Paşaliç A seriyada 50-golini urib, Perişiçdan özib ketdi va turnir tarixidagi eng samarali xorvatiyalikka aylandi.
Aleksandr Lyakazett «Lion» sardori sifatida 65 gol urib, bu borada braziliyalik Sonni Anderson asr boşida qayd etgan körsatkiçni yangiladi.
«Vilyarreal» yarimhimoyaçisi Dani Parexo la ligadagi 500-öyinini ötkazdi.












