Avstraliyada oyoği yuqoriga qaragan holda toşlar orasida yetti soat qolib ketgan ayol qutqarib olindi, deb xabar beradi The Guardian.
Ma’lum qilişiça, Matilda Kempbell tasodifan tuşirib yuborgan telefonini olaman deb toşlar orasidagi uç metrli yoriqqa tuşib ketgan. Voqea Yangi Janubiy Uelsda sodir bölgan — oğirligi yarim tonnaga yetadigan toş ayolni qisib qolgan.
Avvaliga uning döstlari mustaqil ravişda Matildani çiqarib olişga uringan, ammo keyinroq qutqaruvçilarni yordamga çaqirişga majbur bölgan. Mutaxassislar çiğirdan foydalanib, 500 kilogrammni toşni siljitişga va ayolni tor teşik orqali çiqarib olişga muvaffaq bölgan.

Piter Uots ismli qutqaruvçining sözlariga köra, mazkur voqea uning 10 yillik faoliyatidagi eng murakkab vazifalardan biriga aylangan.
Matildaga jiddiy jarohat yetmagan — uning ba’zi joylari kökargan va şilingan, ammo telefonni topişning imkoni bölmagan.
Kempbell ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga uşbu holat böyiça post qoldirdi: «Işonç bilan aytiş mumkinki, men — baxtsiz hodisalarga köp uçraydigan insonman. Ahvolim yaxşi, faqat biroz jarohat oldim va hozirda özimni qayta tiklamoqdaman. Endi ma’lum bir vaqt heç qanaqa toğga çiqiş yöq!» Şuningdek, ayol döstlari va qutqaruvçilar jamoasiga minnatdorçilik bildirgan.












