Xitoy keng kölamli havo-dengiz öquvlaridan keyin yana Tayvan yaqinida jangovar otişma maşğulotlarini ötkazdi, deb xabar beradi Associated Press.

Xitoy dengiz xavfsizligi ma’muriyatining ma’lum qilişiça, jangovar otişmalar amalga oşirilgan maşğulotlar Pintan orollari yaqinida soat 09:00 dan 13:00 ga qadar ötkazilgan.

Tayvan Mudofaa vazirligi Xitoy maşğulotlari har yili ötkaziladigan öquvlar doirasida amalga oşirilganini va idora vaziyatni kuzatib borayotganini ma’lum qildi.

«Bu Tayvan böğozidagi harakatlarga javoban tutib turiş ta’sirini kengaytiriş yöllaridan biri ekanini istisno etib bölmaydi», — deyiladi idora bayonotida.

Xitoyning mazkur xatti-harakatlariga javoban AQŞ Tayvan böğozi orqali tranzit taşuvlarni amalga oşirmoqda. 20 oktabr kuni AQŞning sagdaga esminetsi va Kanadaga tegişli sagasg fregati okeanning Xitoy hamda Tayvanni ajratib turuvçi tor yölagidan suzib ötgandi.

Oktyabr örtalarida Xitoy Tayvan atrofida keng kölamli maşğulotlar boşlagan va bu orqali oroldagi «ayirmaçi kuçlarga qat’iy ogohlantiriş» yuborayotgani hamda orolni blokada qilişni maşq qilayotganini bildirgandi. Bu Tayvanda yangi prezident saylanganidan keyin ikkinçi bor maşğulotlar ötkazilişidir.

Joint Sword 2024B nomini olgan maşğulotlar Tayvan prezidenti Lay Sindening orol Pekin tomonidan «anneksiya» qilinişiga qarşi çiqişiga va’da bergan muhim çiqişidan atigi tört kun ötib boşlandi.