Haqiqiy «Barsa» qaytdi
Barselona — Bavariya 4:1
Gollar: Rafinya (1, 45, 56), Levandovski (36) — Keyn (18).
Barselona – Penya, Balde, Martines, Kubarsi, Kunde, Pedri, Kasado, Lopes (de Yong, 61), Rafinya (Olmo, 76), Yamal, Levandovski.
Bavariya – Noyyer, Devis, Kim Min Çje, Upamekano, Gerreyru, Kimmix, Palinya (Goretska, 60), Olise (Sane, 60), Gnabri (Koman, 60), Myuller (Musiala, 60), Keyn.
Ogohlantiriş: Kimmix (27).
Sönggi olti özaro öyinda myunxenliklarga jami 4:22 hisobida yutqazgan kataloniyaliklar birinçi revanşni olişdi. Hans-Diter Flik jamoasi turnirda ikkinçi ğalabaga erişdi, nemislar qatorasiga ikkinçi bor yutqazdi.
«Barselona» va «Bavariya» futbolçilari ilk daqiqalardanoq bir-biriga taşlandi. Raqiblarning mudofaa çiziği ança oldinda joylaşgandi, maydon markazidagi ziçlik şu qadar ediki, bunday joylaşuvda himoyaçilar ortiga töp oşiriş bilan golli vaziyat yaratiş qiyin keçmasdi. Kataloniyaliklar ham, nemislar ham raqibning tavakkalçilikka asoslangan taktikasidan foydalanişga urindi. «Barselona» esa birinçi urinişdayoq bunga erişdi. Mezbonlar Levandovski murakkab vaziyatda töpga ega çiqişi va Fermin nostandart harakat bilan töpni Rafinyaga yetkazişi orqali «Bavariya» pressingini yengib ötdi. «Barsa»ning braziliyalik sardori Kimmih orqaroqda qolib ketgani tufayli ofsaydga tuşmadi va birga-bir vaziyatda Noyyerni aldab ötib, darvozani işğol qildi.

Ammo voqealarning keyingi rivoji kataloniyaliklar rejasi böyiça keçmadi. Tezkor gol ötkazib yuborgan «Bavariya» töp va hududlar ustidan nazoratni qölga oldi va mezbonlarni jarima maydoniga qamay boşladi. Kök-anorranglilar keyingi 29 daqiqa davomida maydonning ikkinçi qismiga juda kam ötişdi — bavariyaliklar kuçli pressing uyuştirdi. Şu bilan birga, Flik jamoasi mudofaa çiziğini ortga qaytarmadi va raqibni ofsayd qopqoniga tuşirişga urindi. Keynning 10-daqiqadagi goli bekor qilinişi murabbiyning rejasi iş berganini körsatdi, bu vaziyatda bir neça santimetr «Barsa»ni javob golidan qutqarib qoldi.

Lekin köp ötmay Harri baribir öz maqsadiga erişdi — töp tezlik bilan jarima maydoniga yetkazib berilganida Kunde tösa olmadi, Martines Keynga xalal bera olmadi.
Şundan keyin mezbonlardan yana oldinga ötiş talab qilindi. Katalonlar asta-sekinlik bilan öyinni his qila boşlaşdi — Pedri köproq töp bilan muomila qildi, Yamal fintlari bilan özini eslatdi. Aynan Lamin yana bir golli hujumni boşlab berdi — Kim Min Je töpga yeta olmadi, Fermin uni Noyyerning yonidan ötkazdi, Levandovski esa uni böş qolgan darvozaga kiritib yuborişi qolgandi.
Bölim oxirida vaziyat tenglaşdi — raqiblar himoyaçilar ança oldinda joylaşganidan kelib çiqib, uzun uzatmalar bilan öynaşga harakat qildi. Bu yana «Barsa»da öxşadi — Kasado maydonning ikkinçi qismida turib Rafinya tezlik olganida ajoyib pas berdi, sardor markazga köçdi va töpni olis burçakka joylaştirdi. Dastlabki 45 daqiqalik yakunida tabloda 3:1 hisobi paydo böldi — «Barsa» töliq ustunlik qilmagan bölsa-da, özida yuzaga kelgan barça vaziyatlardan foydalandi.
Tanaffusdan keyin mezbonlar kutilganidek himoyani orqaroqqa köçirdi va «Bavariya»ni kenglikdan mahrum qildi. Myunxenliklar öyinning köp qismida töpga egalik qilişda davom etdi, ammo endi keskinlik yöqolgandi. «Barsa» esa tezkor qarşi hujumlar evaziga jazolaşda davom etdi.

Yamal Rafinyani yana bir bor oldinga taşladi va braziliyalik yana bir bor yuqori saviyasini namoyiş etdi — darvozabonga yaqinlaşmasdan zarba berib, töpni Noyyerning qöllari ostidan ötkazdi va öyindan oldingi sözlari uçun javob berdi, u intervyuda uşbu raqibga qarşi oldingi natijalar «Barselona»ga yaraşmasligi va buni özgartiriş vaqti kelganini aytgandi.

Kompani oq bayroq kötarmadi va törttalik almaştiriş bilan reaksiya körsatib, maydonga Sane, Musiala, Goretska va Komanni tuşirdi, ammo uning futbolçilari allaqaçon taqdirga tan berib bölgandi — hujum qilişga bölgan urinişlar xavfli vaziyatgaça yetib bormadi. Kök-anorranglilar esa töpni egallab, muxlislarning hayqiriqlari ostida bir-biriga uzatib yuriş bilan vaqt ötkazdi. Levandovskida yana bir gol uriş imkoniyati böldi, ammo Yamalning ajoyib uzatmasidan keyin böş darvozani işğol etolmadi. «Barsa» öyinga mos bölmasa-da yirik hisobni saqlab qoldi (zarbalar statistikasi – 12:11, darvozaga töğri borgan zarbalar böyiça – 4:3) va muxlislari uçun öç olib berişdi. 4:1 — hozirgi «Barselona»ning kuçini va heç qanday raqibdan qörqmasligini körsatadi.
Slotning raqamlari
Leypsig — Liverpul 0:1
Gol: Nunes (27).
Leypsig – Gulaçi, Henriks, Lukeba, Orban, Gertryuyda (Bitşiabu, 74), Simons (Poulsen, 78), Aydara (Elmaz, 86), Vermeren (Kampl, 74), Nusa, Openda, Şeşko (Baumgartner, 74).
Liverpul – Kelleher, Tsimikas (Roberson, 75), van Deyk, Konate, Aleksander-Arnold (Gomes, 75), Mak Allister, Gravenberh, Soboslai, Gakpo, Nunes (Jons, 74), Saloh (Dias, 63).
Ogohlantirişlar: Lukeba (8), Mak Allister (12), Gertryuyda (23).
Kunning maqomi böyiça ikkinçi örindagi öyinin «Leypsig» faolroq boşladi, ammo Şeşko jarima maydoni taşqarisida boş bilan öynagan Kelleherni jazolay olmadi, Opendaning çiroyli goli esa ofsayd tufayli bekor qilindi. Bir neça daqiqa ötib esa Tsimikas hujumga ötişidan keyin Nunes urgan gol evaziga «Liverpul» hisobda oldinga çiqib oldi, bu vaziyatda u Salohning qarama-qarşi tomondagi ustun oldiga taşlab bergan töpni (bu zarba bölgan bölişi ham mumkin) darvozaga kiritib yubordi.
Keyin esa darvozabonlar katta sahnaga çiqişdi. Gulaçi öyinda intrigani saqlab qoldi, yana bir vaziyatda — Mak Allister hujum qilganida — vengriyalik posbonga tösin yordamga keldi. Öz navbatida, Kelleher ham öz işini yaxşi bajardi, ikki daqiqa içida avvaliga Şeşkoni töxtatdi, keyin Simonsning xavfli zarbasini bartaraf etdi. Bu Arne Slot yana bir bor klub rekordlari kitobiga nomini yozdirib qöyişi uçun yetarli böldi. Qizillar niderlandiyalik mutaxassis boşqaruvidagi dastlabki olti safar uçraşuvida ğalabaga erişdi, umuman, u tayinlanganidan keyin ötkazilgan 12 ta rasmiy öyindan 11 tasida ğalaba qozondi.
Gvardiola Fergyusonning natijasini yaxşiladi

Mançester Siti — Sparta 5:0
Gollar: Foden (3), Holand (58, 68), Stounz (64), Nuneş (88, penalti).
Mançester Siti – Ortega, Ake (Gvardiol, 74), Akanji, Stounz (Diaş, 74), Lyuis, Gundöğan (Kovaçiç, 69), Nuneş, Silva (Makati, 69), Foden, Savio, Holand (ÖRayli, 81).
Sparta – Vindal-Yyensen, Sorensen, Panak, Vitik, Rineş (Vizner, 88), Lyaçi, Kayrinen (Solbakken, 88), Presiado, Garaslin (Krasniki, 46), Birmançeviç (Danek, 74), Olatunji (Rahmani, 60).
Ogohlantirişlar: Stounz (7), Presiado (87).
Xosep Gvardiola bu mavsumda kadrlar muammosiga uçramoqda, u öyin arafasida Griliş va Doku ham safdan çiqqanini ma’lum qildi. Şu bilan birgalikda, de Bryuyne maşğulotlarga qaytgan, ammo hozirça uni ehtiyotlaşadi. «Sparta» bilan öyinda esa murabbiylar ştabida mavjud bölgan resurslar ham yetarli edi, lekin bunday «çeklangan» tanlovga dunyodagi istalgan jamoa murabbiyi havas qilişi mumkin. Öyin startidayoq hisobni oçgan Foden hozirda tetik va optimal formaga kirib bormoqda, u mavsum startini ötkazib yuborgandi. Çorşanba oqşomida Fil Çempionlar ligasida urilgan gollar soni böyiça (17) de Bryuyne va Mahrezni ortda qoldirdi. Stouns yana gol urib, Gvardiolaning maqtovlari bejiz emasligini körsatdi.
Holand esa bu Holand. Norvegiyalikning bu öyindagi ilk goliga ta’rif beriş qiyin. Lekin bu Erling oldin ham yöllagan, uning öziga xos zarbasi. Darvozaga orqaça turib sakragan hujumçi tovoni bilan bergan zarbasi orqali Ibrahimoviçni ham eslatib yubordi, uning ikkinçi goli esa buning fonida juda oddiy çiqdi. Skandinaviyalik bu oqşom het-trikka erişişi ham mumkin edi, ammo u ertaroq almaştirildi va öyin oxiridagi penalti Mateus Nunesga nasib etdi. Çexlar yirik hisobda tor-mor etilganidan keyin «Siti»ning turnirdagi mağlubiyatsiz seriyasi klub uçun rekord darajadagi 26 öyinga yetdi (+18=8). Şu tariqa, Gvardiola «MYu»ning Aleks Fergyuson davridagi natijasini yaxşiladi. Qolaversa, «şaharliklar» turnir doirasidagi uy uçraşuvlaridagi mağlubiyatsiz seriyasini 33 öyinga yetkazgan (+29=4) — jamoa oxirgi bor 2018 yil sentabrida «Lion»ga yutqazib qöygandi.
Indzagining oltin zaxirasi
Yang Boyz — Inter 0:1
Gol: Tyuram (90+3).
Aniq amalga oşirilmagan penalti: Arnautoviç (48).
Yang Boyz – fon Ballmos, Hajam, Benito, Blum, Lauper, Ugriniç, Lakomi (Elia, 77), Imeri (Males, 59), Monteyru, Virjiniyus (Kolli, 59), Ganvula (Itten, 86).
Inter – Zommer, Bissek, de Vrey, Pavar (Bastoni, 77), Augusto (Dimarko, 54), Dumfris, Mxitaryan (Zelinski, 61), Barella, Frattezi, Arnautoviç (Martines, 61), Torimiy (Tyuram, 76).
Ogohlantirişlar: Hajam (33), Monteyru (35), Dumfris (36), Imeri (36), Males (81), Dimarko (88).
Simone Indzagi öyin arafasidagi matbuot anjumanida Çempionlar ligasida oson öyinlar bölmasligi haqida gapirgandi. Ammo murabbiyning özi vazifani qiyinlaştirib yubordi. Mehmonlarning qator yetakçilari zaxirada qoldirildi, ularning örniga tuşgan futbolçilar esa natijaga keltira olmadi. Xususan, Torimiyning tovoni bilan bergan pasidan keyin Bissek yakkama-yakka vaziyatdan foydalana olmadi. Dyumfris jarima maydoni içida yiqitilganidan keyin Arnautoviç penaltidan foydalana olmadi, mezbonlar posboni fon Ballmos qaytgan töpga berilgan ikkinçi zarbaga ham ulgurdi.
«Neradzurrilar» tarozi pallasini öz tomoniga oğdiriş uçun Lautaro Martines boşçiligidagi zaxira kuçlarni maydonga taşlaşiga töğri keldi. Lekin bu vaqtga kelib «Inter» hisobda ortda qolayotgan bölişi ham mumkin edi, ammo Monteyruning zarbasidan keyin ustun mehmonlar joniga ora kirdi. Hal qiluvçi vaziyat esa arbitr tomonidan qöşib berilgan daqiqalarda yuzaga keldi, jokerlar ğalaba golini taşkillaştirişdi — Dimarko töpni jarima maydoniga uzatib berdi va unga Tyuram barçadan oldin ulgurdi. Milanliklar ğalaba qozoniş orqali klub rekordini örnatdi, bungaça Italiya çempionlari biror marta YeÇLni qatorasiga uç öyinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan holda boşlamagandi.
Yengilmas «Brest»
Brest — Bayyer 1:1
Gollar: Le-Melu (39) — Virts (24).
Brest – Bizot, Aydara, Kulibali, Şardonne, Lala, Manetti (Fernandeş, 83), Le-Melu, Kamara (Dumbiya, 83), Del Kastiyo (Fevr, 73), Sima (Balde, 66), Ajork (Sala, 72).
Bayyer – Kovarj, Grimaldo, Inkapie, Ta, Mukiyele (Tapsoba, 73), Garsiya, Palasios (Jaka, 63), Virts, Hofmann, Tella (Frimpong, 63), Şik (Adli, 63).
Ogohlantirişlar: Frimpong (72), Virts (74), Sala (84), Ta (90+2), Le-Melu (90+5).
«Brest» dastlabki turlarda kaşfiyot jamoaga aylangandi, ammo baribir turnir debyutantining raqiblari asosiy autsayderlar — «Şturm» va «Zalsburg» bölgandi. Şunday ekan, «Bayyer»ga qarşi öyin Erik Rua şogirdlari uçun ilk jiddiy sinov edi. Leverkuzenliklar mezbonlarning birinçi bölimdagi ilk xatosidan foydalanib, Virs hisobni oçganida, köpçilik barçasi öz joyiga tuşgani haqida öylay boşlagandi. Ammo «Brest» öziga işonçsizlik bildirganlarga işonçli javob qaytardi va Xabi Alonso aralaş tarkib tuşirganini inobatga olsak ham, munosib öyin körsatdi. Li-Melu birinçi bölimdayoq havodagi töpga çiroyli zarba berib, hisobni tenglaştirdi. «Brest»ning asosiy yetakçilaridan bölgan uşbu futbolçi fevralda oğir jarohat olib safdan çiqqandi. «Bayyer» bilan öyin esa Li-Melu uçun şundan keyin ilk bor boşlanğiç tarkibda tuşişi böldi va u premerani ajoyib ötkazdi. «Brest» — fransuzlarning 1998 yildan buyon YeÇLdagi debyutida qatorasiga uç öyinda yutqazmagan ilk vakiliga aylandi.
Jyenezioning kolleksiyasi
Atletiko — Lill 1:3
Gollar: Alvares (8) — Jyegrova (61), Devid (74 penalti, 89).
Atletiko – Oblak, Galan (Reynildu, 77), Ximenes, Vitsel, Molina (Simeone, 77), Gallaher (Lino, 77), Koke, De Paul, Alvares, Syorlot (Korrea, 65), Grizmann.
Lill – Şevale, Alessandro, Mandi, Ture (Diakite, 46), Pardo (Sahraui, 87), Kabella (Jyegrova, 16), Gudmundsson, Mene, Andre, Mukau (Gomes, 87), Bayo (Devid, 65).
Ogohlantirişlar: Galan (17), Ture (44), Mene (78), Ximenes (78).
«Atletiko»ning birinçi bölim yakuniga köra minimal ustunligini namunali pressing ta’minladi, yoş Ture töpni oldirib qöyganidan keyin hisobni oçgan Alvares vaziyatdan foydalaniş borasida Serlotga dars ötdi. Uning norvegiyalik ampluadoşi 45 daqiqa davomida vaziyatlarni yöqqa çiqariş böyiça het-trik qayd etdi. U avvaliga jarima maydonida turib töpni orqa tomonga tepişni uddaladi, keyin yakkama-yakka vaziyatdan foydalana olmadi, Grizmanning kross uzatmasidan keyin esa bir neça metrdan turib yöllagan zarbasi tösin yuqorisidan ötib ketdi.
Ikkinçi bölimda esa «Lill»ning zaxiradan tuşgan futbolçilari barçasini özgartirişdi. Avvaliga Jyegrova turning eng çiroyli gollaridan biri böldi, u 16-daqiqada jarohat olgan Kabellani almaştirgandi. Hal qiluvçi sözni esa Devid aytdi, u dubl qayd etib, yil boşidan buyon urgan gollari sonini 28 taga yetkazdi va sermahsullik borasida özining eng yaxşi natijasini yaxşiladi.
Şu tariqa, «Lill» «Real» ortidan «Atletiko»ni ham nokautga uçratib, fransuzlarning «matrasçilar»ni safarda mağlub etgan ilk vakili böldi. Bruno Jyenezio esa taniqli mutaxassislarni mağlub etiş böyiça kolleksiya qilmoqda. Uşbu mutaxassis yevrokuboklarda Xosep Gvardiola, Joze Mourinio, Karlo Ançelotti (uçalasini «Lion» boşqaruvida) va Diyego Simeone kabi raqiblarni taslim etgan. Bungaça bunday röyxat bilan faqat Yurgen Klopp maqtana olardi.
Şmeyxelning kuni
Atalanta — Seltik 0:0
Atalanta – Karnezekki, Kolaşinats (Rujyeri, 78), Hin, Jimsiti, Paşaliç (Zaniolo, 78), Bellanova (Samarjiç, 58), Zappakosta, Ederson, de Ron, Lukman (Kuadrado, 69), Retegi (de Ketelare, 59).
Seltik – Şmeyxel, Vale, Skeylz, Trasti, Jonston, Hatate (Paulu Bernardu, 68), Makgregor, Engels (Makkouen, 75), Maeda (Palma, 74), Ida (Furuhasi, 68), Kyun (Forrest, 81).
Ogohlantiriş: Jonston (8).
Bergamodagi durangni tölaqonli sensatsiya deyiş mumkin. «Atalanta» muxlislari hafsalasini pir qildi, çunki bergamoliklar yaqqol ustunlikdan foydalana olişmadi. Öyin yakunigaça mezbonlar raqib jarima maydoni içida 54 marta töp bilan muomila qildi, turnirning sönggi töqqiz mavsumida ikkinçi bor bunday körsatkiç bilan gol urilmadi. Xususan, jamoa yarimhimoyaçisi Paşaliç öyin davomida kamida beş bor golli vaziyatni yöqqa çiqardi. Retegi va Lukmanda ham yaqqol golli vaziyatlar yuzaga keldi, ammo şu kuni Şmeyxel benuqson harakat qildi. U — «Seltik»ning YeÇLda olti seyv ijro etib, darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan ilk darvozaboni böldi. Statistikaga köra, daniyalik qaytargan zarbalar xG böyiça — 1,25 ni taşkil etgan.
Benfika — Feyyenoord 1:3
Gollar: Akturköğli (66) — Ueda (12), Milambo (33, 90+2).
Benfika – Trubin, Fernandes, Otamendi, Arauju, Ba (Şelderup, 88), Kökçu (Sanşeş, 72), Florentinu (Amduni, 65), Eursnes, Di Mariya (Beste, 65), Akturköğli, Pavlidis (Artur, 72).
Feyyenoord – Vellenroyter, Bueno (Smal, 88), Gansko, Trauner, Lotomba (Haj-Musa, 75), Timber, Hvan In Bom, Milambo, Payşao, Ueda (Karransa, 75), Osman (Belen, 60).
Ogohlantirişlar: Timber (39), Amdunm (90+1), Sançes (90+2).
«Benfika»ga qaytgan Brunu Lajye faoliyatini qatorasiga olti ğalaba bilan boşladi, ammo seriya «Feyyenoord» bilan öyinda töxtadi, mehmonlar öyin borasida «burgutlar»dan yaqqol ustunlik qildi va sakkizinçi urinişda Portugaliyadagi yevrokubok bahsida ğalabaga erişdi. Qolaversa, rotterdamliklarning ikki goli bekor qilindi. Mehmonlar safida yaponiyalik Ueda golli seriyasini davom ettirdi, 19 yoşu 203 kunlik bölgan Milambo esa Patrik Klyuyvert davridan buyon YeÇLning qatorasiga ikki turida gol urgan eng yoş niderlandiyalikka aylandi.
Zalsburg — Dinamo Zagreb 0:2
Gollar: Kulenoviç (49), Petkoviç (84).
Zalsburg – Şlager, Terziç (Gindo, 82), Baydu, Piontkovski, Dediç, Kergor, Diambu (Bayçetiç, 58), Bidstrup (Kapaldo, 58), Glux (Blasvix, 69), Konate, Dagim (Dorjyeles, 58).
Dinamo Z – Nevistiç, Torrente, Berno, Teofil-Katrin, Baturina (Kaçavenda, 88), Ogivara (Per-Gabriel, 78), Ademi (Rog, 59), Mişiç, Suçiç (Stoykoviç, 88), Ristovski, Kulenoviç (Petkoviç, 78).
Ogohlantirişlar: Bidstrup (18), Dediç (31), Piontkovski (73), Leynders (82), Rog (90).
Çetlatiş: Şlager (66).
«Zalsburg»ning qulaşi davom etmoqda, «Bavariya»ga 2:9 hisobida mağlub bölingani ortidan Nenad Belitsa boş murabbiylikka tayinlanganidan buyon «Dinamo» yutqazmayapti. Jamoa hujum çiziğida yoş Kulenoviç asosiy skripkaçi vazifasini bajarmoqda. U ikkinçi bölib boşida hisobni oçdi va keyinroq mezbonlar darvozaboni Şlager maydondan çetlatilişiga sababçi böldi.
Kun statistikasi
- «Lill» darvozaboni Şevale bu mavsumda top-5 ligalarda ön beşta rasmiy öyinda maydonga tuşgan 1-futbolçi böldi.
- «Bayyer»ning Virs gol urgan öyinlardagi ğalabali seriyasi 10 öyindan iborat böldi.
- Holand «Mançester Siti» safida YeÇLdagi 23 öyinda 20 gol urdi. Bu raqamga bundan tezroq — 21 öyinda — faqat «MYu»ning sobiq hujumçisi Rud van Nistelroy erişgan.
- 24 yoş-u 185 kunlik — «Barselona»ning YeÇLda 2011 yildan buyon eng past örtaça yoşi.
- «Bavariya» YeÇLdagi iştiroki tarixidagi eng tezkor golni ötkazib yuborişi uçun «Barselona» forvardi Rafinyaga 57 soniya yetarli böldi.
- «Bavariya» forvardi Harri Keyn yevrokuboklarda urgan gollari sonini 58 taga yetazdi. Çorşanba kuni u Eysebio va Ibrahimoviçni ortda qoldirib, turnir tarixidagi eng yaxşi töpurarlar röyxatida 15-öringa çiqdi.
- Germaniyalik yarimhimoyaçi Ilkay Gundöğan «Mançester Siti» safida asosiy yevrokubokdagi 100-öyinini ötkazdi.
Turnir jadvalidagi vaziyat:













