Muzokaralar yakunida ikki mamlakat örtasida yölovçi taşiş böyiça haftasiga 21 marta, yuk taşiş böyiça esa çeksiz aviaqatnovlarni amalga oşirişni yölga qöyiş yuzasidan kelişuv imzolangan.
Tanzaniya Özbekiston uçun mutlaqo yangi yönaliş hisoblanadi.
Mamlakat özining mö’tadil ob-havo şaroiti, Maldiv orollari bilan bellaşa oladigan zilol suvlariga ega Zanzibar oroli, yovvoyi tabiat qöynidagi savannalari hamda sarguzaştlarga boy Klimanjaro toğlari bilan turistlar e’tiborini, şuningdek, qahva, çoy, kakao, gullar va tropik mevalari bilan savdogarlar e’tiborini tortib keladi.












