O‘zbekiston | 10:31 / 26.10.2024
1068
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning Sloveniyadagi birinchi elchisi tayinlandi

Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning Sloveniyadagi birinchi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekistonning Vengriyadagi elchixonasi xabar berdi.

U 24 oktyabr kuni Sloveniya Tashqi va Yevropa ishlari vazirligida diplomatik protokol boshqarmasi boshlig‘i Natasha Praxga ishonch yorliqlarining nusxasini topshirdi

Muloqotda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi.

Oybek Shaxavdinov 2024 yilning mart oyidan buyon qarorgohi Budapeshtda joylashgan Vengriyadagi birinchi elchi lavozimida ishlab kelayotgandi. U Xorvatiyada ham O‘zbekistonning  birinchi elchisi bo‘ldi (qarorgohi Budapeshtda).

Mavzuga oid