Rossiya prezidenti Vladimir Putin Aleksandr Darçiyevni RFning AQŞdagi favqulodda va muxtor elçisi etib tayinlaş töğrisidagi farmonni imzoladi.
Tayinlovga qadar Darçiyev RF Taşqi işlar vazirligining Şimoliy Amerika departamenti direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
27 fevral kuni Istanbulda ötkazilgan maslahatlaşuvlar çoğida Amerika tomoni Darçiyev Rossiyaning AQŞdagi yangi elçisi etib tayinlanişi haqidagi kelişuv bilan rasmiy nota taqdim etgandi.
Aleksandr Darçiyev TIV tizimida 1992 yildan beri faoliyat yuritib keladi. U 2005-2010 yillarda Rossiyaning AQŞdagi elçixonasida maslahatçi bölib işlagan, 2014-2021 yillarda Rossiyaning Kanadadagi elçisi bölgan.
Rossiyaning AQŞdagi oldingi elçisi Anatoliy Antonov öz faoliyatini 2024 yil oktyabrda yakunlagan edi. U 2017 yildan beri elçixonani boşqarib kelayotgandi.

















