Sönggi oylarda Xitoyda moliya bozorlari ança tebranişlarga uçradi: Şanhay va Şençjyen birjalaridagi eng yirik kompaniyalar aksiyalaridan iborat CSI 300 indeksi ham tez kötariliş, ham keskin pasayişni boşdan keçirdi. Davlat yordami kutilayotgani fonida bozor spekulyativ yutuqlarga guvoh bölgan bölsa-da, uzoq muddatli investorlar ehtiyotkorlik bilan iş yuritişlari zarur, deb yozadi The Economist.
CSI 300 indeksi avvaliga 35 foizga kötarilib, keyin 7 foizga tuşdi. Bu asosan hukumat va Xitoy Xalq bankidan kutilayotgan iqtisodiy rağbatlantiriş çoralari tufayli sodir böldi, biroq bu kutilmalar köp hollarda aniq harakatlar bilan tasdiqlanmadi.
Investorlar uç yillik inqirozdan söng Xitoy bozorining tiklanişiga umid boğlamoqda. Uşbu inqirozga köçmas mulk sohasidagi muammolar, hukumatning xususiy sektorga nisbatan bosimi hamda Xitoy va AQŞ örtasidagi tobora kuçayib borayotgan geosiyosiy ziddiyatlar sezilarli darajada ta’sir körsatgan edi.
2022 yildan beri “Xitoy bozorining investitsiyaga noloyiqligi” atamasi muhokama qilinmoqda. Bu atama JPMorgan öz hisobotida siyosiy beqarorlik Xitoy aksiyalarini investorlar uçun jozibasiz qilib qöyayotganini ta’kidlagandan söng paydo bölgan. Bu atama vaqtinçalik siyosiy xavf-xatarlarni aks ettiriş maqsadida qöllanilgan bölsa-da, Xitoy bozorini uzoq muddatli sarmoyalar uçun xavfli qiladigan muammolar hamon mavjud bölib qolmoqda.
Ba’zi investorlar bozorga qaytayotgan, çet el sarmoyalari esa ösiş potensialiga ega bölsa-da, Xitoy moliyaviy tizimining tub muammolari hamon hal etilmagan. Asosiy muammolar qatoriga quyidagilar kiradi: korporativ boşqaruvning zaifligi, davlat korxonalarining ustunligi, hukumatning tösatdan siyosatni özgartiriş odati. Bu odat butun iqtisodiyot tarmoqlariga jiddiy zarba berişi mumkin, xuddi 2021 yilda ta’lim va texnologiya kompaniyalari bilan bölgani kabi. Hukumatning yaqinda xususiy sektorni qöllab-quvvatlaş böyiça körsatgan sa’y-harakatlariga qaramay, bunday vayronkor özgarişlar takrorlanmasligiga işonç yöq.












