TikTok servisiga egalik qiluvçi ByteDance kompaniyasi asosçisi Çjan Imin Xitoyning eng badavlat insoniga aylandi. Uning boyligi 49,3 milliard dollarni taşkil etmoqda, deb xabar beradi Reuters naşri.

Naşr ma’lumotlariga köra, aktivlar borasida AQŞda davom etayotgan sud mojarolariga qaramay, ByteDance daromadi ötgan yili 30 foizga oşib, 110 milliard dollarga yetgan. Bu esa öz navbatida Çjanning boyligiga ijobiy ta’sir körsatgan.

Ikkinçi örinni qadoqlangan suv işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi Çjun Şanşan egallagan bölsa, kuçli uçlikka Tencent asosçisi Poni Ma yakun yasagan. Sentyabr örtalarida Tencent asosçisi Poni Maning boyligi 43,9 mlrd dollarga yetgani, natijada u mamlakatdagi eng badavlat insonlar reytingida yana birinçi öringa kötarilgani töğrisida xabar berilgandi.

Xitoyda milliarderlar soni ötgan yilga nisbatan 142 kişiga kamaygan. Hurun naşri boşqaruv raisi Rupert Xugeverfning sözlariga köra, 2024 yil Xitoy fond bozori va iqtisodiyoti uçun eng oğir yilga aylangan.

Eslatib ötamiz, 2023 yil fevral oyida Xitoyda yuqori texnologiyalar sohasidagi yirik biznes-vositaçi Bao Fan bedarak yöqolgani töğrisida xabar berilgandi. Bao Fan China China Renaissance Holdings moliyaviy kompaniyasiga asos solgan bölib, uning mijozlari röyxatiga Tencent, Alibaba va Baidu kabi internet gigantlari ham kiradi. Kompaniya Xitoydagi texnologiya sohasidagi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi.