AQŞ prezidentligiga Respublikaçilar partiyasidan nomzod bölgan Donald Tramp 30 oktyabr kuni Viskonsin ştati Grin-Bey şahriga taşrifi çoğida jurnalistlar bilan gaplaşiş uçun çiqindi taşuvçi maşina kabinasiga çiqib oldi.

Forbes tarqatgan videoda Tramp oq köylak ustidan sariq yöl-yölli töq sariq rangdagi jilet kiygan holda köriniş bergan. Eşikni oçişda biroz qiynalgan Tramp yölovçi örindiğiga ötirgan, şu yerdan turib bir neça daqiqa davomida jurnalistlar bilan gaplaşgan. Yuk maşina kuzoviga Trampning saylovoldi kampaniyasi nakleykasi yopiştirilgan, eşiklarga AQŞ hamda Tramp bayroqlari örnatilgan.

«Mening çiqindi taşiş maşinam qalay? Bu Kamala [Harris] va Jo Bayden şarafiga», — degan Tramp jurnalistlarga.

The Hill naşri qayd etişiça, respublikaçilar nomzodi AQŞ prezidenti Jo Baydenning oxirgi gaplariga e’tibor qaratiş uçun çiqindi taşiş maşinasiga çiqib olgan. Sönggi kunlarda Trampni 27 oktyabr kuni respublikaçilarning Nyu-York şahridagi Medison-skver-gardenda ötkazilgan mitingi çoğida qiziqçi Toni Hinçkliff tomonidan aytilgan hazil uçun tanqid qilişmoqda. Komik öz çiqişi vaqtida Puerto Rikoni «suzib yuruvçi çiqindi oroli» deb atagandi. Jo Baydenning 29 oktyabr kuni uning sözlariga javobi quyidagiça yangradi: «Men u yerda körgan yagona çiqindi — bu uning tarafdorlari». Bunga munosabat bildirarkan, Tramp «Bayden bundan uyalişi kerakligi»ni aytdi.

Oq uy prezidentning sözlari notöğri talqin qilingani, çunki u Trampning tarafdorlarini emas, Nyu-Yorkdagi mitingda yangragan ritorikani «çiqindi» deb ataganini bildirdi. Bayden ham Puerto-Rikoga nisbatan nafratomuz ritorikani nazarda tutganini aytdi va «lotinamerikaliklarni demonizatsiya qiliş vijdonsizlik» ekanini qayd etdi.

Donald Tramp Grin-Beyda jurnalistlar bilan muloqotda qiziqçi Toni Hinçkliffning sözlaridan masofa saqlaşga harakat qildi. «Men bu komik haqida heç narsa bilmayman. Men uni tanimayman. Uni heç qaçon körmaganman. U nima degani haqida eşitdim, ammo bu uning sözlari. U komik, men aytişim mumkin bölgan gap şu. Men u haqida heç narsa bilmayman», — degan Tramp. Respublikaçi nomzod çiqindi taşiş maşinasidan turib şunday degan: «Men Puerto Rikoni sevaman, Puerto-Riko esa meni».

Jurnalistlar bilan suhbat yakunida Tramp şunday degan: «Umid qilamanki, sizga çiqindi taşiş maşinasi yoqdi. Katta rahmat». Ma’lum vaqt ötib u kiyimini almaştirmagan holda saylovoldi mitingida paydo bölgan.

Oktyabr oyi boşida Donald Tramp öz saylovoldi kampaniyasi doirasida jurnalistlar bilan Pensilvaniyadagi McDonaldʼs restoranlaridan biridagi fotosessiya vaqtida gaplaşgandi. Şundan keyin McDonaldʼs kompaniyasi xodimlariga AQŞ prezidentligiga nomzodlarning heç birini qöllab-quvvatlamasligi töğrisida xat yuborgan.