Şimoliy Koreyadan 8000 ga yaqin askar allaqaçon Rossiya-Ukraina çegarasiga yetib kelgan va «yaqin kunlarda» jangovar harakatlarda qatnaşişga tayyorlanmoqda. Bu haqda 31 oktyabr, payşanba kuni AQŞ Davlat departamenti rahbari Entoni Blinken ma’lum qildi. Uning sözlarini AP agentligi keltirmoqda.

Blinkenning aytişiça, Rossiya harbiylari şimoliy koreyalik hamkasblarini artilleriya qurollari va uçuvçisiz uçoqlardan foydalanişga örgatmoqda, şuningdek, bu «kuçlarni front çiziğidagi operatsiyalarda töliq qöllaş niyatida ekanliklarini körsatmoqda». Avvalroq Pentagon matbuot kotibi Sabrina Singx Şimoliy Koreya qöşinlari «yaqin haftalarda Ukraina yaqinidagi Rossiya qöşinlarini kuçaytirişi»ni aytgan edi.

AQŞ Xitoyni KXDR askarlari Rossiyadan olib çiqib ketilişiga erişişga çaqirdi

Qöşma Ştatlar Xitoyni Rossiya Federatsiyasida joylaşgan Şimoliy Koreya qöşinlarini doimiy joylaştiriş joylariga qaytarişga erişişga çaqirdi. Vaşington Xitoy hukumatidan aloqalarni davom ettirayotgan Şimoliy Koreya rahbariyatiga bosim ötkazişni söradi, deb xabar berdi CNN 30 oktyabr kuni nomi oşkor etilmagan amerikalik rasmiylarga tayanib.

Ulardan birining aytişiça, AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Jyeyk Sallivan ham Şimoliy Koreya qöşinlarining Rossiyaga yuborilişi bilan boğliq vaziyat yuzasidan bir qator boşqa davlatlarni Pekin bilan boğlanişga köndiriş haqida körsatma bergan. Biroq CNN suhbatdoşlari Ğarb rasmiylari bu masala böyiça «Xitoy Şimoliy Koreyaning rejalariga xalaqit berişi yuzasidan optimistik kayfiyatda emasligini» tan olgan.