Xitoy 4 noyabr kuni Jahon Savdo Taşkilotida (JST) özida işlab çiqarilgan elektr transport vositalariga Yevropa Ittifoqi (YeI) tomonidan bojxona tölovlari oşirilgani tufayli bahs boşlaganini e’lon qildi. Bu haqda Politico xabar berdi.
Pekin ötgan hafta Yevropa Ittifoqi Xitoyning elektromobil brendlariga 8 foizdan 35 foizgaça boj joriy etganidan keyin şunday yöl tutişi bilan tahdid qilgan edi.
Yevropa Ittifoqi tariflarni bir yil davom etgan tekşiruvdan söng joriy etdi, çunki xitoylik işlab çiqaruvçilar «adolatsiz subsidiyalardan foyda körmoqda».
Xitoy Savdo vazirligi «elektr avtomobil sanoatini rivojlantiriş manfaatlarini himoya qiliş va yaşil transformatsiya böyiça global hamkorlikni ta’minlaş uçun Xitoy Yevropa Ittifoqiga qarşi sudga da’vo kiritdi», dedi.
JST rasmiysi şikoyat berilganini tasdiqladi.
«Endi biz Xitoydan Yevropa Ittifoqi bilan elektr transport vositalari uçun yakuniy kompensatsiya bojlari böyiça maslahatlaşuv sörovi olinganini tasdiqlaşimiz mumkin», dedi u.
Naşrning yozişiça, bu «Pekin va Bryussel örtasidagi savdo ziddiyatlarini kuçaytiruvçi sönggi turtki». YeI yaqin orada Xitoyga muzokaralar guruhini yuborişi va tariflar böyiça murosa izlaşi kutilmoqda.
Oktyabr oyi oxirida Yevrokomissiya Xitoydan elektromobillar importiga beş yil muddatga kompensatsiya bojlarini joriy qildi.
«Tekşiruv şuni körsatdiki, Xitoyda elektr transport vositalarining qiymat zanjiri adolatsiz subsidiyalardan foyda köradi, bu Yevropa Ittifoqi elektromobil işlab çiqaruvçilariga iqtisodiy zarar yetkaziş xavfini tuğdiradi», deb xabar berdi Yevrokomissiya matbuot xizmati.












