NATO va osiyolik hamkorlar Şimoliy Koreya askarlarining Rossiya Federatsiyasi Ukrainaga qarşi olib borayotgan uruşdagi iştirokini keskin tanqid qilişdi. «NATO ittifoqçilari Rossiya Federatsiyasi va Koreya Xalq Demokratik Respublikasi davlat va hukumat rahbarlarining Rossiyaning Ukrainaga qarşi asossiz harbiy agressiyasini xavfli kengaytiriş töğrisidagi qarorlarini keskin qoralaydi», deyiladi 8 noyabr, juma kuni NATOning 32 ta davlati qabul qilgan , şuningdek, Ukraina va Avstraliya, Yaponiya, Yangi Zelandiya va Janubiy Koreya tomonidan imzolangan qöşma bayonotda.

NATO KXDR iştirokini uruşning jiddiy kuçayişi deb hisoblaydi

KXDR harbiylarining Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşidagi iştiroki NATO tomonidan yevroatlantika xavfsizligi va Hind-Tinç okeani mintaqasiga keng kölamli ta’sir körsatadigan jiddiy eskalatsiya sifatida baholanmoqda, deyiladi hujjatda. Uning mualliflari, şuningdek, Pxenyan harbiylarni yuborişdan oldin ham Moskvaga qurol-yaroğ va öq-dorilar yetkazib beriş orqali harbiy yordam körsatganini ta’kidlagan.

«Rossiya va KXDR örtasidagi harbiy hamkorlikni kengaytiriş BMT Xavfsizlik Kengaşining köplab rezolyutsiyalarini buziş hisoblanadi», — deya ta’kidlagan bayonot mualliflari. Ular Rossiya Federatsiyasining BMT Xavfsizlik Kengaşining doimiy a’zosi sifatidagi maqomiga işora qildilar. «Biz Rossiyani uşbu rezolyutsiyalarga rioya qilişga qaytişga va xalqaro majburiyatlarini bajarişga çaqiramiz», — deyiladi bayonotda.

NATO Ukrainaga yordam berişda davom etadi

Mojaroning bunday rivojlanişi fonida Şimoliy Atlantika alyansi mudofaalanayotgan mamlakatga keyingi yordamni va’da qildi. «Ittifoqçilar Ukrainani ğalaba qozonmagunça, zarur bölgan vaqtgaça qöllab-quvvatlaşga sodiq qoladilar», deyiladi bayonotda.

Maqsad Ukraina qurolli kuçlarini kuçaytiriş, ular Rossiya agressiyasiga muvaffaqiyatli qarşilik körsatişidir, deya ma’lum qildi NATO davlatlari va ularning hamkorlari.

KXDR askarlarining Rossiyaga ötkazilişi

Oxirgi haftalarda Şimoliy Koreya harbiylari Rossiya Federatsiyasiga, ehtimol, Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşiş uçun yuborilgani haqida xabarlar paydo böldi. Turli manbalardan olingan ma’lumotlarga köra, Rossiyaning Kursk oblastida Şimoliy Koreyaning 10 mingga yaqin askari bölişi mumkin. Ukraina noyabr oyi boşida Ukraina qurolli kuçlari KXDR harbiylari bilan birinçi jangga kirganini xabar qildi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 7 noyabr kuni aytganidek, Rossiya Federatsiyasining Kursk oblastida joylaşgan Şimoliy Koreya askarlari allaqaçon Ukraina qurolli kuçlariga qarşi janglarda qatnaşmoqda va birinçi yöqotişlarga duçor böldi. Şuningdek, u KXDRning uruşga kirişiga jahon hamjamiyati hali yetarliça munosabat bildirmaganiga e’tibor qaratdi va keskin javob berişga çaqirdi.

Moskva va Pxenyan Şimoliy Koreya harbiy xizmatçilari Ukrainaga qarşi jangovar harakatlarda iştirok etişi mumkinligi haqidagi ma’lumotga izoh bermadi.