Oq uy apparati rahbari lavozimini Syuzan Uayls egallaydi. Bu haqda AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.
Trampning sözlariga köra, Uayls unga «AQŞ tarixidagi eng katta siyosiy ğalabalardan biriga» erişişda yordam bergan.
«U 2016 va 2020 yillardagi muvaffaqiyatli kampaniyalarimning ajralmas qismi edi», dedi respublikaçi.
AQŞning saylangan prezidenti sözlariga köra, Uayls kuçli va aqlli ayol, «innovatsion qaraşlar»ga ega.
Syuzan Uayls Trampning saylovoldi taşviqoti rahbarlaridan biri edi.
5 noyabr kuni bölib ötgan AQŞ prezidentlik saylovlarida respublikaçi Tramp 270 dan ortiq delegatning ovozini oldi va mamlakatning 47-prezidenti böldi. Uning inauguratsiyasi 2025 yil 20 yanvarga belgilangan.












