Topilma Pompeyning asosiy köçalaridan birida joylaşgan, anʼanaviy ravişda Korneliy Maksimus uyi deb ataladigan binoda aniqlangan. Pompey arxeologiya boği xodimlari bu yerda qadimgi rimliklarga xos «armariy» - buyumlar saqlaş uçun möljallangan şkaf qoldiqlarini örgangan.

Yoğoç şkaf butun holiça saqlanmagan. Biroq qazişma maʼlumotlari asosida uning dastlabki körinişini tiklaş va içida qanday buyumlar bölganini aniqlaşga muvaffaq bölingan. Tadqiqot natijalari E-Journal degli Scavi di Pompei onlayn naşrida eʼlon qilingan.

Eng eʼtiborli topilmalardan biri - kamida 24 ta mitti osma bezakdan iborat töplam. Bir vaqtlar marjon tarkibiga kirgan bu buyumlarning har birida ip ötkaziş uçun teşik bölgan. Ular fayans, suyak, şişa massasi va toğ billuridan yasalgan.

Bezaklarda Bes va Merkuriy maʼbudlari, insonning qöl panjalari va oyoq kaftlari, qarağay ğuddalari hamda uzum boşlari tasvirlangan. Arxeologlar ularni «krepundiya» (crepundia) deb ataladigan buyumlar turiga kiritgan. Bu atama lotinça crepare - «jaranglamoq», «ovoz çiqarmoq» feʼlidan kelib çiqqan.

Qadimgi Rimda bunday taqinçoqlar bolalik bilan boğliq bölgan. Tadqiqotçilarning fikriça, ular ikki vazifani bajargan bölişi mumkin. Bir tomondan, bolani yomonliklardan asraydi, deb işonilgan tumor sifatida taqilgan. Ikkinçi tomondan, harakat paytida ovoz çiqarib, şaqildoq vazifasini ötagan. Bu tovuş kattalarga kiçkina bolaning qayerda harakatlanayotganini bilişga yordam bergan bölişi mumkin.

Köplab rimliklar bolalikdagi bunday taqinçoqlarini umr böyi asrab, qutiça yoki mato xaltaçada saqlagan. Pompeydan topilgan marjon ham şkaf içidagi çirib ketgan xaltaçada yotgan.

Öşa davrda odamlar bir joydan boşqasiga köp köçgan, ayrimlari ota-onasi va tuğilgan yurtidan uzoqda yaşagan. Şu sababli bolalik tumori insonga uyini va yaqinlarini eslatib turadigan kam sonli buyumlardan biri bölgan bölişi mumkin.

Şkafdan ayollarning pardoz va şaxsiy parvarişiga oid buyumlar ham çiqqan. Ular orasida pinset, kosmetik moddalarni ezib aralaştiriş uçun işlatilgan moslama - coticula, atir yoki malham solinadigan şişa idiş, xuşböy moddalar tutatiş idişi va bronza moyçiroq bor.

Moyçiroq yonida qörğoşindan yasalgan tarozi toşlari ham yotgan. Ular deyarli butunlay çirib ketgan kiçik yoğoç qutiçada saqlangan. Olimlarning taxminiça, bu buyumlar uyda qandaydir savdo faoliyati olib borilganidan darak berişi mumkin. Biroq ularning aynan nima uçun işlatilgani hozirça aniq emas.