Qömita xabariga köra, şundan 85,3 foiz (40 098 ta) murojaat elektron şaklda bölsa, 9,5 foizi (4 465 ta) oğzaki va 5,2 foizi (2 436 ta) yozma tarzda amalga oşirilgan. Kelib tuşgan murojaatlar böyiça yetakçi hududlar Toşkent şahri (15 423 ta), Toşkent (4 025 ta) va Qaşqadaryo viloyatlari (3 822 ta) bölgan.

Murojaatlarda keltirilgan masala turlari:

  • soliqlarga oid tuşuntiriş beriş — 26 637 ta;
  • soliqlardan ozod qiliş va imtiyozlar beriş — 1922 ta;
  • tizim xodimlarining noqonuniy harakatlari — 304 ta;
  • tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatidagi qonunbuzarliklar — 378 ta;
  • boşqa masalalar — 17 758 ta.

Körib çiqilgan murojaatlarning 45 mingga yaqini hal etilgan. 672 tasi tegişli taşkilotlarga yuborilgan, 241 tasi örganiş jarayonida öz tasdiğini topmagan, 60 tasi anonim bölgani uçun körmasdan qoldirilgan. Mingdan ortiq murojaat muddatida körib çiqilmoqda.