Xususan, pokistonlik tadbirkorlar Surxondaryo viloyatining Angor, Qiziriq va Sariosiyo tumanlari hamda Qaşqadaryo viloyatining Qarşi, Yakkaboğ, Çiroqçi va Kökdala tumanlari bölib, özbek tomoni bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
Surxondaryoda keçgan uçraşuv çoğida Angor, Qiziriq, Sariosiyo tumanlarining salohiyatiga oid taqdimotlar ötkazildi. Muzokaralar va V2V formatidagi uçraşuvlar natijasida esa qator kelişuvlarga erişildi.
Pokistonning Getz Pharma kompaniyasi rahbari Xalid Mahmud Sirdaryo va Toşkent viloyatlariga safari davomida Özbekistonda taşkil qilgan Novugen Pharma korxonasi faoliyatini kengaytiriş va uning negizida "biotexnologik" dori vositalarini işlab çiqariş loyihasini amalga oşiriş yuzasidan kelişib oldi.
Buxoro viloyatiga uyuştirilgan safar ham Pokiston vakillari uçun samarali böldi. Jumladan, tekstil, oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqariş, logistika markazini taşkil etiş böyiça qöşma loyihalarni amalga oşiriş va viloyatga pokistonlik sayyohlar oqimini köpaytiriş yönalişida hamkorlik qiliş töğrisida kelişuvlarga erişildi.












