Italiya huquq-tartibot idoralari xodimlari ötgan yozda Moskva şahrida doimiy yaşovçi italiyalik tadbirkorning öğirlanişini uyuştirgan şaxsni qölga oldi. ANSA xabariga köra, gap Italiyaning Ravenna hududida qölga olingan 44 yoşli Özbekiston fuqarosi haqida ketmoqda. Uning ismi şarifi xabarda keltirilmagan.
Texnik sanoat gazlarini işlab çiqaruvçi kompaniyaning Rossiya filiali rahbari Stefano Guidotti 28 iyun kuni Rossiya poytaxti markazida öğirlab ketilgan va rossiyalik huquq-tartibot idoralari xodimlarining tezkor harakatlari tufayli 36 soatdan keyin Bryanskda ozod qilingan edi. Şu bilan birga, italiyalikni öğirlaşda gumon qilingan Rossiyaning 3 nafar fuqarosi va yana bir özbekistonlik ham qölga olindi.
Italiya tergovi aniqlaganidek, odam öğirlaş pul undiriş maqsadida uyuştirilgan. Ravenna yaqinida yaşovçi va Rossiya pasportiga ham ega özbekistonlik avval Guidotti kompaniyasida işlagan. Tadbirkor öğirlab ketilganidan söng, u kompaniyaga qönğiroq qilib, pul evaziga uning qöyib yuborilişini aytgan. Ammo politsiya tadbirkorni tezkor ozod qilişga erişgan.








