Marhamat tumanidagi “Marhamat agropilla” MÇJ rahbari jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Sud hukmida keltirilişiça, “Marhamat agropilla” MÇJ rahbari A.A. hamda Marhamat tumani Kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimi boşliği örinbosari Ş.J. til biriktirib, 837 kişini işli qilişgan. Biroq faqat qoğozda.

Ular ijtimoiy reyestrda röyxatda turuvçi 837 kişining şaxsga doir maʼlumotlarini qonunga xilof ravişda yiğişgan. Söngra yagona milliy mehnat tizimiga ular “Marhamat agropilla” MÇJga işga qabul qilingani va 2025-yil may-oktabr oylarida göyoki jamiyatda işlagani, ularga 6,3 mln söm iş haqi hisoblangani haqida soxta maʼlumotlar kiritişgan.

Bu orqali tumanda aholining işsizlik darajasi va “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da bölgan vatandoşlar sonini sunʼiy ravişda kamaytirişni maqsad qilişgan.

Şu tariqa, göyoki iş bilan taʼminlanganlik vaji bilan yuzlab vatandoş kambağallik reyestridan çiqarib yuborilgan. Oqibatda kambağallik reyestridagi 78 kişiga tölanişi lozim bölgan moddiy yordam pullari tölanmay qolgan.

A.A. sudda aybiga iqror bölgan. Qilmişidan puşaymonligini aytib, yengillik söragan.

JIB Marhamat tuman sudi hukmi bilan A.A. Jinoyat kodeksining 141-2-moddasi (şaxsga doir maʼlumotlar töğrisidagi qonunçilikni buziş) 2-qismi “a, g” bandlari, 28,205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qiliş) 2-qismi “a” bandi hamda 28,209-moddasi (mansab soxtakorligi) 1-qismi bilan aybli deb topilgan. Unga iş haqining 20 foizini davlat daromadiga undirgan holda 1 yil axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlangan.