Toşkent şahridagi Hilton Tashkent City mehmonxonasida Özbekiston Milliy axborot agentligi (ÖzA) va Rossiyaning TASS axborot agentligi taşkilotçiligida III Özbekiston – Rossiya media forumi bölib ötmoqda. Unda davlat organlari, yetakçi mediaholdinglar, IT-sektor va kreativ industriyaning masʼul vakillari bölgan 200 dan ortiq kişi qatnaşmoqda.
Özbekiston prezidenti administratsiyasi kommunikatsiyalar departamenti rahbari – prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov forum oçiliş marosimida çiqiş qilib, zamonaviy axborot dunyosidagi global tahdidlar, Özbekiston mediamakonidagi tub özgarişlar, şuningdek, ikki davlat kasbiy hamjamiyatlari oldida turgan törtta strategik yönalişning mohiyatini oçib berdi.
Özaro işonç va yuqori darajadagi muloqot natijasi
Şerzod Asadov öz nutqi avvalida uşbu forum şunçaki muhokamalar maydoni emas, balki ikki davlat rahbarlari örtasidagi mustahkam strategik şeriklikning yorqin ifodasi ekanini taʼkidladi:
«Bugungi forum mamlakatlarimiz örtasidagi munosabatlar yuksak darajada ekani körinişidir. Bu aloqalar zaminida yetakçilarimiz – prezident Şavkat Mirziyoyev va prezident Vladimir Putinning döstligi va özaro işonçi mujassam. Aynan davlatlarimiz rahbarlarining siyosiy irodasi, ularning doimiy va işonçli muloqoti iqtisodiyot va energetikadan tortib madaniyat, taʼlim va, albatta, media sohasigaça bölgan barça sohalardagi hamkorligimizga faol surʼat bağişlamoqda».
Ortga qaytmas islohotlar
Prezident matbuot kotibi bugungi kunda axborot şunçaki yangiliklarni yetkaziş vositasi emas, balki davlat taraqqiyoti, xalqaro maydondagi işonç va global kun tartibini belgilovçi strategik omilga aylanganini taʼkidlagan.
Sönggi yillarda Özbekiston milliy mediamakonida amalga oşirilgan islohotlar raqamlarda keltirildi.
Xususiy sektorning ösişi: mamlakatda faoliyat körsatayotgan 2 700 ta OAVning 67 foizi xususiy kapital hissasiga töğri keladi. Bu milliy axborot makonini liberallaştiriş jarayonlari ortga qaytmas tus olganidan dalolat beradi.
Mutolaa madaniyati qayta tiklanişi: joriy yilning özida naşriyot sohasida işlab çiqariş hajmi ikki baravar köpaydi: umumiy adadi 60 million nusxadan ortiq bölgan 15 ming nomdagi kitoblar naşr etildi.








