Amerikaning Ford avtomobilsozlik kompaniyasi xavfsizlik kamarlari bilan boğliq muammo tufayli 112,6 ming avtomobili yöltanlamasini çaqirib oladi. Bu haqda AQŞ Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasiga (NHsA) tayanib, Reuters xabar berdi.

Qayd etilişiça, NHsA’ga xavfsizlik kamarini mahkamlaş moslamasi beixtiyor işlab ketgani böyiça şikoyatlar kelib tuşgan. Baland ovoz çiqarganidan keyin kamar tezda tortilib qolavergan.

Çaqirib olinadigan avtomobillar qatoridan 2019-2020 yillarda işlab çiqarilgan Ford Expedition va Lincoln Navigator modellari örin olgan.

NHsA’ning ma’lum qilişiça, şuningdek, tortuvçi kuçning yöqolişi va elektr tizimining nosozligi sabab Ford’ning 456 mingdan ziyod transport vositasiga nisbatan tergov boşlagan. Tergov davomida 2021-2024 yillarda işlab çiqarilgan Ford Bronco Sport krossoverlari va Maverick pikaplari örganiladi.

Ötgan hafta nazorat organi Ford orqani körişga möljallangan kameralar nosozligi sabab öz avtomobillarini vaqtida çaqirib olmagani uçun 165 million dollarlik jarimani tölaşga rozi bölganini ma’lum qilgandi.