Qonunçilikka muvofiq, xavfsizlik kamarini taqmaslikka quyidagi holatlarda ruxsat beriladi:
avtomobilning orqa örindiğida ötirgan 12 yoşgaça bölgan bolalarga;
öquv-maşq transport vositasini öquvçi boşqarayotgan vaqtda avtomototransport yoki şahar elektr transportini boşqarişni örgatuvçi amaliy maşğulotlar instruktoriga;
homilador ayollarga hamda soğliği tufayli xavfsizlik kamarini taqişi mumkin bölmagan bemorlarga;
xizmat vazifasini bajarayotgan, kök yoki qizil (yoki ikkalasi birgalikdagi) yaltiroq mayoqça bilan jihozlangan hamda maxsus rangli böyoq sxemasi va yozuvlarga ega transport vositalari haydovçilari va yölovçilariga.
Qolgan barça holatlarda haydovçi va old örindiqdagi yölovçilar uçun xavfsizlik kamarini taqiş majburiy hisoblanadi. Bu talab yöl-transport hodisalari oqibatida jarohatlaniş va halok böliş xavfini kamaytirişga qaratilgan.

















