Özbekistonda avtotransport boşqaruvida xavfsizlik kamarini taqişga tösqinlik qiluvçi kasalligi mavjud fuqarolar uçun tibbiy ma’lumotnomani onlayn oliş imkoniyati paydo böldi.
Mazkur hujjatni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali yuklab oliş mumkin. Yangi xizmat fuqarolarni poliklinikalarga qayta-qayta boriş, navbat kutiş va ortiqça qoğozbozlikdan xalos etişga qaratilgan.
Qayd etilişiça, ma’lumotnoma şakllanişi uçun fuqaro avval tibbiyot muassasasida şifokorlar körigidan ötgan bölişi kerak. Tibbiy xulosa elektron bazaga kiritilgaç, hujjat portalda avtomatik ravişda şakllanadi.
Ma’lumotnoma tibbiy xulosada körsatilgan muddat davomida amal qiladi. Xizmat bepul taqdim etiladi va uni oliş uçun qöşimça hujjatlar talab etilmaydi.







