Rossiya AQŞning Ukrainaga RFga uzoq masofali raketalar bilan zarba yöllaşga ruxsat bergani haqidagi xabarlarga juda salbiy munosabat bildirdi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 18 noyabr, duşanba kuni bu qaror keskinlikning yangi bosqiçi va AQŞning Ukrainadagi uruşga aralaşuvini anglatadi, dedi.
«Agar şunday qaror haqiqatan ham işlab çiqilgan va Kiyev rejimiga yetkazilgan bölsa, bu keskinlikning sifat jihatidan yangi bosqiçi va Qöşma Ştatlarning uşbu mojaroga aralaşuvi nuqtayi nazaridan yangi holat», — dedi Peskov matbuot brifingida. Kremlda hozirça faqat Ğarb ommaviy axborot vositalaridan ma’lumot bor.
«Yangi keskinlik davri»
«Ammo, Vaşingtondagi lavozimidan ketayotgan ma’muriyat olovga yoğ sepişda davom etiş va bu mojaro atrofida keskinlikni yanada kuçaytiriş uçun çoralar köriş niyatida ekanligi aniq», dedi Kreml vakili.
Bir kun avval Amerika va Yevropaning köplab ommaviy axborot vositalari AQŞ prezidenti Jo Bayden Ukraina harbiylariga Rossiya hududiga hujum qiliş uçun ATACMS raketalaridan foydalanişga ruxsat bergani haqida xabar tarqatgan edi. Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok Vaşington qarorini ma’qulladi. The New York Times naşrining yozişiça, Ukraina Qurolli kuçlari bu raketalarni faqat Kursk oblastidagi Rossiya va Şimoliy Koreya qöşinlariga qarşi qöllaşi mumkin, deb taxmin qilinmoqda.












