Uşbu raketalar asosan armiyaning «yer-yer» sinfidagi qurollari bölib, ular taktik raketa tizimlari (ATACMS) va aniq zarba beriş raketalari (PrSM) sifatida tanilgan. Ma’lumotlardan xabardor uç amaldorning Reutersʼga aytişiça, AQŞ bu qurollarning «deyarli barçasini» işlatib bölgan.
Uzoq masofaga uçuvçi ATACMS raketalari – xavfsiz masofadan turib aniq zarba beriş imkonini yaratib, harbiylar arsenalining muhim qismini taşkil etadi. PsSM esa qisqaroq masofaga ega bölgan ATACMS'lar örnini bosuvçi yangi va ança takomillaştirilgan avloddir.
Ismi sir qoliş şarti bilan gapirgan manbalar AQŞda har bir turdagi öq-dorilardan qança qolganligini aytişdan boş tortdi.

Prezident Donald Tramp fevral oyida Isroil bilan birga Eronga qarşi uruş boşlaganda uni qisqa davom etişini başorat qilgandi. Ammo harbiy harakatlar çözilib, 5 oydan ham ötib ketdi.
Naşr manbasiga köra, AQŞning Yaqin Şarqdagi kuçlarini nazorat qiluvçi Markaziy qömondonlik (Centcom) uruş boşlanişidan oldin özida bölgan yerga asoslangan raketalarini deyarli sarflab bölgandi. Ammo u dunyoning boşqa çekkalaridagi AQŞ harbiy zaxiralaridan qayta töldirilgan.
Zaxiralar böyiça ogohlantiriş
Reuters manbalaridan birining aytişiça, ATACMS va PrSM zaxiralarining kamayişi – Tramp ma’muriyatining Eron nişonlariga hujum qilişning xavfliroq usullaridan qoçganini anglatadi. Masalan, bomba taşlaş uçun qiruvçilardan foydalaniş örniga har birining narxi 1 million dollardan oşadigan raketa otib qöya qolişgan.
Tahlilçilarning ta’kidlaşiça, uşbu qurollar harbiylarga xavfsiz masofadan turib nişonga hujum qiliş imkonini beradi. Şu bois ular Xitoy kabi kuçli havo mudofaasiga ega bölgan raqibga qarşi uruşda juda qadrli bölardi.
Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazining mart oyidagi hisobotiga köra, qisqaroq masofaga ega bölgan raketa zaxiralari boşidan kam edi. Çunki u nisbatan yangi öq-dori, biroq AQŞ harbiylari 2027-yil uçun ulardan köp miqdorda buyurtma bergan.



















