Muzokaralar davomida Xitoy tomoni Özbekiston bilan hududlararo hamkorlikni kengaytirişdan manfaatdor ekanini bildirdi. Şuningdek, ikki mamlakat delegatsiyalarining özaro almaşinuvini faollaştiriş, 2025 yil uçun qöşma tadbirlarni amalga oşiriş rejalarini işlab çiqişga tayyorligini tasdiqladi.
Özbekiston Boş konsulxonasi tomonidan Guansi-Çjuan avtonom hududida ötkazilgan 2024 Guangxi International Agriculture Expo körgazmasida milliy stend taşkil etildi.
Körgazma doirasida Xitoyning 15 dan ortiq import bilan şuğullanuvçi kompaniya va marketpleyslar bilan muzokaralar ötkazildi.
Bölib ötgan muzokaralar natijasida Özbekistondan qişloq xöjaligi mahsulotlarining eksportini amalga oşiriş böyiça kelişib olindi.












